Immunitet, fotoimmunitet, o’simliklar immuniteti
Immunitet, fotoimmunitet, o’simliklar immuniteti — o’simliklarning kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni o’ziga yuktirmaslik va ular ajratadigan zaharli moddalar ta’siriga chidamlilik xususiya-ti. I. ni o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchilarga chidamlilikning eng yuqori daraja- si deb xisoblash mumkin. I. sirtdan quyidagicha namoyon bo’ladi: kasallik qo’zg’atuvchi va uning o’simlikka yuqishi uchun zaruriy sharoitlar mavjud bo’lganda I. li o’simliklar kasalga chalinmaydi, ularda patologik ja-rayon vujudga kel- maydi; immuniteti yo’q o’simliklar esa bunday sharoitda kasallikka chalinadi. I. ning xususiy ko’rinishi o’simlikning chidamliligi (tolerantligi)dan iborat bo’lib, bunda kasallik yuqqan o’simlikda hosil miqdori va sifatining keskin Pa- say-ishi kuzatilmaydi. I.ning namoyon bo’lishi ko’pincha xo’jayin-o’simlikning fermentlar sistemasi, fiton-tsidlar, fitoaleksinlar ta’siri, OK-sidlanish- energiya almashinuvining barqarorligi, ba’zi kimyoviy birik-malar miqdori, shuningdek, o’simlikning alohida mor- fologik tuzilish Xu-susiyatlariga bog’liq. O’simliklarning kasallik qo’zg’atuvchilardan himoyalanish mexa- nizmi yana ularning o’ta ta’sirchanlik reaktsiyasidan iborat. O’simliklarda bu xususiyatning asosi shundan iborat- ki, kasallik yuqqan hujayralar tez- da nobud bo’ladi va ularda kasallik qo’zg’atuvchilar tarkala olmaydi. Ka- sallik qo’zg’atuvchilar va o’simliklar himoyalanish mexanizmining turli-tu- manligi xususida yagona nazariya yo’q. O’simliklarning antigenlarga qarshi antitelalar hosil qilish xususiyatla- ri ham isbotlanmagan. O’simliklarda I. ning maxsus va guruhli xili uchray- Di. Maxsus I. da o’simliklar kasallik qo’zg’atuvchilarning biror turiga mansub bo’lgan biotipga yoki irqiga chi-damlilikni, guruhli I. da esa ular- ning bir qancha irqi yoki turiga chi- damlilikni namoyon etadi. I. irsiy xususiyat bo’lib, duragay- lashda naslga beriladi. Kasalliklarga chi-damli navlar yaratishda chidamlilik negizlariga ega bo’lgan o’simlik shak- llaridan foydalaniladi. Mac, g’o’zaning viltga chidamli Toshkent navlarini yara- tishda chidamlilik manbai sifatida yov- voyi Meksika g’o’zasidan foydalanilgan (yana q. O’simlikning himoya reaktsiyasi). Abdukarim Zikiryoev.