ZULKIFL MAQBARASI
ZULKIFL MAQBARASI – Termiz yaqinidagi me’moriy yodgorlik (11 — 12-asrlar). Rivoyat qilinishicha, bu yerga payg’ambar Zulkifl dafn etilgan. Tarixiy manbalarda abbosiylarning atoqli lashkarboshlaridan Ishoq ibn Kunaja (992/3 yillarda vafot etgan) ham shu yerda dafn etilgani qayd qilingan. Amudaryodagi Payg’ambar orolining Janubiy qismida joylashgan masjid, go’rxona va ularga tutash 2 xonadan iborat. Binolar turli davrlarda bunyod etilgan. Masjid murabba tarxli (6,95×6,95), gumbazli, oldi peshtoqli. Mehrobiga ganchkori Giri naqsh ishlangan. Go’rxona (6×4 metr) masjid sathidan 1 metrcha baland qilib qurilgan, unda sag’ana saqlangan. Go’rxonaning ikki eshigi orqali tutash qurilgan ikki xonaga o’tiladi. Xonalar devoriga g’ishtlar mavjli shaklda terilgan. Ad.: Termiz — Buyuk yo’llar chorrahasidagi ko’hna va yangi shahar, T., 2001.