ZULF

ZULF — 1) ayollarning ikki chakkasidan tushirib qo’yilgan soch tutami, jamalagi; 2) ayollarning ziynat buyumi; gajak kabi chakkaga taqiladi. Tilla yoki tilla suvi yugurtirilgan kumush plastinkadan yasalgan taqinchoq. Uzunligi 8-9 santimetr, naqshlangan naychadan iborat bo’lib, ikki uchiga qubbacha, plastinka qirg’og’iga shokila (simlarga o’tkazilgan marvarid) lar o’rnatiladi. Qizlar, kelinchaklar ikki chakkadagi bir tutam sochlarini (ba’zan qirqib) Zulfdan o’tkazib, ilmog’idan sochlariga osib qo’yadilar.