ZULFIQOR

ZULFIQOR, Zulfiqor yo’lagi —Herirud (Tajan) daryosi vodiysidagi dara, Eron tog’ligining shim. tarmoqlarida. Paropamiz tog’lari bilan Turkmaniston-Xuroson tog’lari orasida. Uzunligi 14 kilometr chamasida. Zulfiqor Turkmanistonning Janub qismlari bilan Eron va Afg’onistonning chegaraga yaqin viloyatlarini bog’laydi.