Glyasiologiya

Glyasiologiya (lot. glacies — muz va …logiya) — er yuzasidagi barcha muz shakllari (muzliklar, qor qoplami va b.), er osti muzlari, ularning tuzi- lishi, tarkibi, fizik xususiyatlari, kelib chiqishi va rivojlanishi, geol. va geomorfologik faoliyati, geografik tarqalishi haqidagi fan. Umumiy muz- shunoslikning sinonimi. G. glyasiosfe- ra va er yuzasi, atmosfera, gidrosfera va litosferadagi tabiiy muz va muz- liklar, ularning joylashishi, reji- mi va rivojlanish dinamikasi, atrof muhit b-n o’zaro aloqasi, muzning er evolyusiyasidagi ahamiyatini o’rganadi. G. suv oqimi, muz zaxirasi, muzli- klarning iqlimga ta’siri, Geolo- gik ishi va b. tabiiy xususiyatlarini o’rganishda tabiiy geogr.ning gidrolo- giya, geomorfologiya, iqlimshunoslik va geodeziya kabi tarmoqlari metod- laridan foydalanadi. G.ning o’tmish davrlar muzliklarini o’rganadigan bo’limi paleoglya tsiologiya deb ataladi. Muzliklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumot frantsuz tabiatshunosi Myun- ster Sebastyan qalamiga mansub (1544). G. 18-19-a.larda gidrologiya va geol. fanlari negizida shakllana boshladi. Bunda shveytsariyalik tabiatshunos Oras Sossyurning (1740-99) «Alp tog’lariga sayohat» (1779-96) asari muhim o’rin tut- Di. 19-a. oxiri — 20-a. o’rtalariga kelib qattiq va suyuq holatdagi suvni o’rganish usullari va ular b-n bog’liq bo’lgan mu- ammolar turlicha ekanligi aniq bo’lib qoldi. Bu davrda qutb muzliklari, ular- ga xos bo’lgan qonuniyatlar o’rganildi, muz tabiatiga va muzliklardagi fizik hodisalar mohiyatiga chuqur kirib bo- rildi, materik va tog’muzliklarining nisbatini solishtirish imkoniyati yara- tildi va g. geografiya, gidrologiya, geol. va geofizika fanlari sohalarining tu- tashgan joyida yuzaga kelgan mustaqil fanga aylandi. O’rta Osiyo muzliklari- ning dastlabki katalogini 1930 y. N.L. Korjenevskiy nashr qilgan. Unda jami 1223 vodiy muzligi, jumladan Pomirda 296 ta, Hisor-Olayda 199 ta muzlik qayd qilingan. Muzliklarning so’nggi ko’p jildli katalogi 1965-82 y.larda sobiq Ittifoq faning Geografiya in-ti, O’rta Osiyo Gidrometeorologiya i.t. instituta (O’OGMITI) va «Gidrometxizmat»ning boshka in-t va muassasalari tomonidan yaratildi. O’rta Osiyo tog’laridagi muzli- klarga tegishli ma’lumotlar 14-jildda jamlangan. Ushbu katalog Jahon qor- muzlik resurslari atlasini tuzishda asos bo’lgan. G. fizika, mat., geofizika, geokimyo, geodeziya, xaritagrafiya, geogr., geologiya va b. fanlar usullaridan foy- dalanadi. Keyingi yillarda glyasiologik tadqikrtlarning yangi usullari (termik burg’ilash, fotogrammetriya, aerofoto- s’yomka va b.) paydo bo’ldi. G. o’rganadigan ob’ektlariga bog’liq holda muzlikshunos- lik, qorshunoslik, qor ko’chkilari ilmi, suv havzalari muzshunosligi, paleoglya- tsiologiya kabi sohalarga bo’linadi. Ik- kinchi tomondan, g.da o’ziga yaqin bo’lgan fanlar b-n aloqasi va qo’llaniladigan usullarining turlichaligi asosida glyasioiqlimshunoslik, glyasiogidro- logiya, strukturaviy g., dinamik g., Geo- kimyoviy g. kabi yo’nalishlar farkla- nadi. G.ning amaliy ahamiyati jadal suratlarda o’smoqda, natijada o’ziga xos yangi yo’nalish — muhandislik g.si to’la shakllandi. G. doimiy muzloq erlarni o’rganadigan geokriologiya b-n qo’shilib, kriosferani o’rganadigan er kriolo- giyasini tashkil etadi. Hoz. zamon g. si atrof muhit muhofazasi hamda tabiat va jamiyatning o’zaro aloqasi muammola- ri b-n chambarchas bog’liq. G. sohasidagi tadqiqotlar dunyoning ko’pgina mamlakat- lari (Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada, Norvegiya, Rossiya, Fran- tsiya, Shvesiya, Shveytsariya, Yaponiya va b.) da keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Bunda xalqaro geofizika yillari (1882 — 83, 1932-33 va 1957-58), xalqaro geofizika hamkorlik yili (1959) va Xalqaro gidrologik o’n yillik (1966 -75)larning ahamiyati katta bo’ldi. O’sha yillarda er kurrasidagi barcha muzli- klar holati kuzatib turildi. Ayrim davlatlar va jahon miqyosida faoliyat ko’rsatadigan xalqaro glyasiologiya uyush- malari, jamiyatlari mavjud. 1907 y.dan Angliyaning Kembrij shaxrida xalqaro miqyosda «glyasiologiya jurnali» chop etiladi. Glyasiologik tadqiqotlar O’zbekistonda O’OGMITIning G. bo’limida, O’zbekiston FA geol. va Geo- fizika in-tining g. laboratoriyasida amalga oshiriladi. 1967 y. Abramov muzligida O’OGMITIning glyasiologik tadqiqotlar o’tkazuvchi maxsus st-yasi tashkil etildi. «O’rta Osiyoda glyasiolo- gik tadqiqotlar» mavzuida doimiy ra- vishda ilmiy to’plamlar chop etiladi. G. fani rivojiga N.L. Korjenevskiy, O.P. Shcheglova, V.F.Suslov, A.A.Akbarov, G.E.Glazirin, B.A.Kamolov, L.A. Kana- eV, V.G.Konovalov, A.S.Shchetinnikov va b. olimlar salmoqli hissa qo’shdilar. Ad.: Golubev G.N., Gidrologiya lednikov, L., 1976; Injenernaya glyasiologiya, M., 1971.