Golarktika

Golarktika (Yun. holos — hamma, barcha va arktikos — Shimoliy) — quruqlikdagi flora dunyosi va zoogeogra- fiya (Arktogeya) oblasti. Shim. yarim shar- ning tropik mintaqadan tashqari hamma qismini o’z ichiga oladi. Hoz. G. flora- sida 30 dan ortiq endemik oilalar bor. Floraning shakllanishi shim. Amerika- ning Lavraziya hududida mavjud bo’lgan qad. paleogen-neogen va uchlamchi davr florasi b-n bog’langan. Qad. Tetis dengi- zi Lavraziyani tropika florasidan ajra- tib turgan. Paleogen oxirida iqlimning sovib ketishi b-n g. florasi ham o’zgargan. Qad. floraning namunalari Jan. qismda (Sharqiy Osiyo, qisman shim. Amerikada) saqlanib qolgan. G.ning asosiy biomla- ri (tundra, o’rmon, cho’l va b.) o’simliklar qoplamida ko’proq murakkabguldoshlar (qoqidoshlar), hiloldoshlar, dukkakdosh- lar, ayiqtovondoshlar, piyozdoshlar, ka- ramdoshlar, chinniguldoshlar, ra’nodosh- lar, ziradoshlar, sigirquyruqdoshlar, labguldoshlar va b. oilalarning vakil- lari uchraydi. Daraxtlardan qayin, tol, yong’oq, ra’nodoshlar va ayrim boshqa oilalar, ninabarglilardan taksodiyalar (hoz. kamayib ketgan) va ayniqsa qarag’ay keng tarqalgan. G.ning flora dunyosi 3 kichik dunyoga va 9 oblastga bo’linadi. Boreal kichik dunyosi Evropa (O’rta den- gizdan tashqari), Osiyo (tropikadan tashqari) va shim. Amerikani o’z ichiga oladi. U floraga juda boy bo’lib, ko’p endemik oilalar (jumladan, magnoli- yasimonlar)ga ega. O’rta dengiz kichik dunyosi shim. Afrika, Evropaning ja- nubi, Old va O’rta Osiyoni egallaydi. Florasi boreal va tropik flora ta’si- rida rivojlangan (lavr, palma va b.). Madrean kichik dunyosi shim. Amerika- ning Jan. va g’arbi, Meksikaning tog’li mintaqasini o’z ichiga oladi. Florasi bir qancha endemik oilalar, turkumlar (10% ga yaqin), turlardan (40%) iborat. G. zoogeografiya oblasti (Arktogeya) hayvonot dunyosi turlarga uncha boy emas. Bunga asosiy sabab landshaftining nisbatan bir xildaligi, iqlimining noqulayligi, faunasining ancha yosh bo’lishidir. Sut emizuvchilardan bobrsi- monlar, qo’shoyoqsimonlar, suv kalamush- lari, aplodontsimonlar, ayrishoxlilar, pishchuxasimonlar, selevinsimonlar; qushlardan gagaralar, qurlar; suvda va quruqlikda yashovchilardan burchaktish- lar, ambistomasimonlar, yashirinja- bralilar, amfiumalar, proteylar, si- renlar; baliqlardan antikanbaliqlar, osyotrsimonlar, kurakburunlilar, so- vutli cho’rtanlar, losossimonlar, xa- riussimonlar, cho’rtansimonlar, okun- simonlar va b. endemik oilalar uch- raydi. Shim. Amerika va Evrosiyo FA- unasi o’rtasidagi o’xshashlik pliosen va to’rtlamchi davrda Osiyo va Amerika qit’alari Alyaska va Chukotka ya.o. orkali tutashganligini va ular o’rtasida fau- na almashinib turganligini ko’rsatadi. Ana shu yo’l b-n Evrosiyodan Amerikaga tog’qo’ylari, loslar, qo’ng’ir ayiqlar va hoz. Amerikada qirilib bitgan mamont- lar, yaklar; Amerikadan Evrosiyoga shi- mol bug’usi, qo’yho’kiz va b. o’tib qolgan. G. zoogeografik oblasti Palearkti- ka va Neoarktika kichik oblastlariga bo’linadi. Palearktika Evrosiyo va shim. Afrikaning mo»tadil va sovuq iqlimli qismini o’z ichiga oladi. Hayvonot du- nyosi Evrosiyoning qad. tropik faunasi- dan iborat, lekin uchlamchi va to’rtlamchi davrda iqlimning quruqlashishi ta’si- rida keskin o’zgargan. Neoarktika Shim. Amerikaning tropik qismidan shim. roqdagi hududlarni va tinch xamda at- lantika okeanidagi bir qancha orollarni egallaydi.