Grafika

Grafika (Yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy san’at turi. Rasm va rasm san’atiga asoslan- gan, lekin o’z tasvir va ifoda vositala- riga ega bo’lgan bosma badiiy asarlar. «G.»termini dastlab xat va xattotlik san’ati ma’nosida qo’llangan. 19-a. oxi- ri — 20-a. boshlaridan yangi ma’no kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi b-n G. tasviriy san’at turiga aylanadi. Asosiy turlari: dastgohli g. (amaliy ahamiyatga ega bo’lmagan, mustaqil rasm, estamp, lubok), kitob, gazeta-jurnal G.si (illyustrasiya, bosma mahsulotlarni bezash, ularni shakllantirish), amaliy grafika (sanoat g.si, pochta markalari, Ekslibris), plakat. Ifoda vositalari: kontur chiziq, shtrix, dog (qora, rangdor), varaq zamini (ko’pincha oq qog’oz). G.ning uslubiy vositalari turli-tuman: natu- raga qarab tez chiziladigan xomaki chiz- gilar, etyud, eskizlardan tortib, to pux- ta o’ylab, mulohaza yuritib ishlanadigan kompozisiyalar (biror xrlat, manzara tasvirlangan; bezak maqsadiga xizmat qiladigan; shrift kompozisiyalari)gacha. G. asarlari, mahsulotlari tez tayyorlash imkoni, tsikl va turkumlar yaratish mum- kinligi, tashviqot va targ’ibotga mos- ligi va b. Uni tasviriy san’atning eng ommaviy muhim sohasiga aylantirdi. Texnikasi jihatidan g. 2 turga ajrati- ladi: qo’lda chiziladigan rasm va matba- ada chop qilinadigan, ko’p nusxada nashr etiladigan bosma mahsulotlar (gravyura, litografiya, monotipiya va sh. k.). Rang- tasvir b-n g. chegarasidagi akvarel, gu- ash, pastel rang-tasvirga ham, g.ga ham mansub bo’lishi mumkin. Birinchisining tarixi juda qad. bo’lib ibtidoiy odam- lar g’or devorlariga, qoyatoshlarga chizib qoldirgan ibtidoiy san’at namunalari- dan boshlanadi. Ikkinchisi, asosan, po- ligrafiya rivoji b-n bog’liq, lekin poli- grafiya sanoati vujudga kelishidan ancha oldin ham Xitoyda 6-7-a.lar (Evropada 14-15-a.lar)da gravyura ishlangan. Li- tografiya esa 19-a.dagina vujudga keldi. G. ishlatiladigan asosiy sohalardan biri kitob bo’lib, o’rta asrlarda vujud- ga kelgan xattotlik va kitob yaratish ishining san’atga aylanishi, qo’lyozma kitoblarni yozish va bezash san’at turi sifatida rivojlanishi oqibatida mi- niatyura san’ati rivojlangan, uning turli-tuman maktablari vujudga kelgan. Jahonning eng yirik muzeylarida jo- zibador bezatilgan qo’lyozma kitob na- munalari saklanadi. Rassomning kitob yaratish jarayonidagi mehnati, ayniqsa, poligrafiya sanoati vujudga kelgani- dan keyin katta ahamiyat kasb etdi, ki- tob mazmunini kitobxon ko’z o’ngida gavdalantirishda xizmat qiladigan rasmlarni endi fotografiya imkoniyat- laridan foydalanib ko’plab nusxalarda nashr qilish imkoni tug’ildi. Shunday kilib, kitob g.si va plakat kishilarga ma’naviy ta’sir ko’rsatishning kuchli quroliga aylandi. Rassom rasmdan tash- kari kitobning muqovasi, sarvarag’ini be-Zaydi, turli bezak unsurlarini yara – tadi, kitobning shriftini belgilab be- radi. Sanoatning barcha tarmoqlarining rivoji mahsulotlar reklamasidan tortib yorliq, mahsulot joylanadigan bezakli qutichalar, o’rov materiallari va sh. k.ni yaratishni taqozo etdi, gra- FIK rassomlarning g. turlari bo’yicha ixtisoslashuvlarini talab qildi. Kitob G.si va u b-n bog’liq dastgohli G. jadal rivojlandi. Bu sohada yirik rassomlar ijod qilgan: Germaniyada A. Dyurer, L. Kranax, G. Golbeyn Kich- kina, K. Kolvis; Italiyada J. Pira- nezi; Niderlandiyada L. Leydenskiy; Gollandiyada Rembrandt; Flandriya- da P. P. Rubens; Frantsiyadaj. Kallo, O. Dome; Ispaniyada F. Goyya; Rossi- yada A. Zubov, A. Venesianov, O. Ki- prenskiy, I. Shishkin, V. Serov va b. 20-a. jahon g.sining etuk namoyandala- ri: P. Pikasso, J. Effel (Frantsiya); R. Guttuzo, G.Mukchi (Italiya); F. Maze- rel (Belgiya); X. Bidstrup (Daniya); R. Kent (AQSh); g. va L. Grunding, O. Na- gel. V. Klemke (Germaniya); T. Kulise- VICh, yu. Mroshchik (Polsha); D. Moor, V. Deni, V. Favorskiy, A. Ostroumova- Lebedeva, Kukrinikslar (Rossiya) va b. O’zbekistonda G. 20-a.da shakllandi va rivojlandi. Rassomlar I. Ikromov, V. Kaydalov, L. Abdullaev, T. Muhamedov, K. Nazarovlar kitob bezaklari, q. Ba- Sharov ilk kitob suratlari va ajoyib linogravyura asarlari b-n o’zbek tasvi- riy san’ati taraqqiyotiga katta hissa qo’shdilar va o’zbek g.si maktabining vujudga kelishiga zamin yaratdilar. 20-a.ning oxirgi choragida ijodkorlar safiga M. Kagarov, L. Ibrohimov, M. Sodikrv, A. Mamajonov, A. Bobrov, V. Apuxtin, F. Basharova, A. Li, G. Li kabi rassomlarning kelib qo’shilishi g.ni ham badiiy mahorat, x.am mavzu jihatdan boyishini ta’minladi. O’zbek grafi- kachilari g.ning barcha sohalari (akva- rel, litografiya, ksilografiya va b.)da samarali ijod qilib, mavzu jihatdan rang-barang (tarix, zamonaviylik, eko- logiya va b.) asarlar yaratmoqdalar, jahon va o’zbek mumtoz adabiyotiga, Sharqning buyuk arboblari, yozuvchi va olimlari siimolariga murojaat qilmoqdalar. Tursunali Qo’ziev.