Temirbeton

Temirbeton – beton va po’lat armatura birikmasidan iborat konstruktsiya va buyumlarning umumiy nomi. T.b. 19-a.da kashf etilgan. T.b. buyumlarga birinchi patentlar Frantsiyada (Lambao, 1850; Kuane, 1854; Mone, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSh da (Giatt, 1855-87) berilgan. O’zbekistonda T.b. konstruktsiyalar 19-a. 70y.laridan tatbiq eta boshlangan. T.b.da zo’riqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va po’lat) baravar ishlaydi. Betonning cho’zilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10-20 marta) past. Po’lat armatura esa cho’zilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qo’shilsa, uning cho’zilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning po’lat armaturaga yaxshi yopishuvi, po’lat bilan og’ir betonning tra ta’sirida chizikli kengayish koeffisientlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun avq(lsl,5)10~5; armatura uchun avq1,210~5) T.b.ni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich yopishib, uni zanglash va yong’indan asraydi. T.b.dan poydevor bloklar, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yig’ma zinalar, ustun va to’sinlar, ustunqoziklar, arka va fermalar va b. tayyorlanadi. T. b.ning afzalliklari: o’ta mustahkamligi; ko’pga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruktsiyaga istalgan shakl berish mumkinligi va h.k. Vazni og’irligi, issiqlik va tovushni oson o’tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo bo’lishining oldini olish uchun armatura oldindan zo’riqtiriladi. Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro standartlarning yangi tizimi bo’yicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas., beton va T.b. uchun og’ir betonning siqilish mustahkamligi bo’yicha quyidagi sinflar mavjud: V3,5; V5; v7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Og’ir betondan ishlanadigan T.b. konstruktsiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam bo’lgan betonlarni qo’llash mumkin emas. Takroriy yuklar ta’sir etadigan konstruktsiyalarda sinfi V15 dan yuqori bo’lgan betonlar qo’llaniladi. Siqiluvchi T.b. elementlari V15 dan kam bo’lmagan, katta yuk ostida bo’ladigan konstruktsiyalarda esa (mas., ko’p qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi V25 dan kam bo’lmagan betonlar qo’llash tavsiya etiladi. Zo’riqtirilgan beton uchun V20… V60 bo’lgan beton sinflari qabul qilinadi. T. b. konstruktsiyalarida qo’llaniladigan armaturalar, sterjenli va simli armaturalarga bo’linadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar bo’ladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga Karaganda beton bilan mustahkamroq bog’lanadi. T.b. elementlar kamida 0,05% va kupi bilan 3,5% mikdorda armaturalanadi. Mexanik xossalariga qarab armaturabop metall quyidagi sinflarga bo’linadi: a) sterjen armaturalar: AI; AP; ash; A1V; AV; AVI; b) sim armatura-lar: BI; VP; VR II; K7; K19. Atrof muhit trasi — 40° dan 60° gacha o’zgarganda beton bilan armaturaning asosiy fizikmexanik xossalari o’zgarmaydi. Tra 60° dan oshganda betonning strukturasi buzila boshlaydi va mustahkamligi pasayadi, mas., tra 200° ga etganda betonning mustahkamligi 30— 40% pasayadi. Oddiy T.b. uchun 500°-600° issiklik kritik tra hisoblanadi. Shuning uchun oddiy T.b.ni 200° dan past sharoitda ishlatish tavsiya etiladi. Yuqori (1700° gacha) trada ishlaydigan issiklik agregatlari uchun issiqbardosh T.b.dan foydalaniladi. Ad.: Nizomov Sh. R., Hobilov B. A., Temirbeton konstruktsiyalar, T., 1992; Qosimov E., Qurilish ashyolari. T., 2004.