Terrasa

Terrasa (Frans. terrasse, lot. terra — er) — 1) (geol. va geogr.da) Daryo, ko’l va dengizlar qirg’oqlari hamda tog’larning yon bag’irlaridagi kelib chiqishi turlicha bo’lgan, tik yon bag’ir bilan chegaralangan gorizontal yoki Nishab tabiiy sahn; shuningdek, ular dengiz sathidan pastda suv tagida ham uchraydi. T. yakka holda yoki ustmaust joylashgan bo’lib, zinapoya ko’rinishga ega. T. tektonik ko’tarilishlar, iklimning o’zgarishi natijasida dare o’zanining vaqtvaqti bilan o’yilishi, dengiz va ko’llar sathining pasayishi natijasida vujudga keladi. Erozion, erozionakkumulyativ va akkumulyativ T. farqqilinadi. Erozion T. tektonik ko’tarilishlarning kuchayishi, suv oqimining ko’payishi va daryolar quyiladigan dengiz va ko’llar sathi (bazis eroziya)ning pasayishi oqibatida kelib chiqadi hamda tub jinslardan tuzilgan bo’ladi. Erozionakkumulyativ T. ning yuqori qismi dare yotqiziqlari (allyuviy), pastki qismi tub tog’jinslaridan iborat. Akkumulyativ T. faqat Daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo T. si keng tarqalgan bo’lib, ular Daryo o’zani va qayirining osti hisoblanadi. T. ning soni erozion tsikllar va ularda Daryo yotqiziqlarining to’planish sonini ko’rsatadi. Eng yuqori T. nisbatan qad., pastdagisi eng yoshi hisoblanadi. Daryo vodiysidagi T. soni turlicha bo’ladi. Mac, Chirchiq daryosining quyi qismida 4-5 ta, yuqori qismida 20 dan ortiq T. bor. Eng keng T. tekisliklarda oqayotgan daryolarda bo’lib, eni o’nlab km ni tashkil qiladi. T.dan qishloq xo’jaligi.da, yo’llar, shag’ar va qishloklar barpo etishda foydalaniladi; 2) asosiy binoning umumiy tomi ostida qo’shimcha qurilgan yo’laksimon ayvon, peshayvon, ustunli, ba’zan oynavandli, bir yoki ko’p qavatli T., uch tomoni ochiq, ba’zan usti ham ochiq bo’lishi mumkin. Dala hovli, dam olish uylari, sanatoriylarda ko’p uchraydi, ochiq havoda dam olish xonasi vazifasini o’taydi. T.lar bino va inshoot qiyofasiga ko’rkamlik baxsh etib, foydalanish uchun qulaydir.