Tibbiyot, medisina, tabobat

Tibbiyot, medisina, tabobat — kishilar sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. T. tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigienik fanlarga bo’linadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini o’rganadigan anatomiya, gistologiya va tsitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo bo’lishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funktsional o’zgarishlarni o’rganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar ta’sirini urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va b. kiradi. Odam kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni o’rganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga ko’ra, terapiya va xirurgiyaga bo’linadi. T.ning ushbu qismlari ham, o’z navbatida, ma’lum organ, sistemalar kasalliklarini atroflicha o’rganishi, yo’nalishi bo’yicha turli sohalarga bo’linadi. Mac, terapiyada kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya, ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya, fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, Otorinolaringologiya, oftalmologiya xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikaschni aniqlash usullari bo’limi bor. Tashqi muhitning organizmga ta’siri va aholi sog’lig’ini muhofaza qilish tadbirlarini o’rganadigan tibbiyijtimoiy va gigien i k fanlarga ijtimoiy gigiena hamda sog’liqni sakdashni tashkil etish, umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi, kommunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, radiasion gigiena, mehnat gigienasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi. T. ning bunday bo’linishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va b.)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uchun xarakterli bo’lgan eksperimental usul esa klinik va gigienik T. sohasiga xam keng kirib bormoqda. T. tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan chambarchas bog’langan. Tarixi. Zamonaviy T.ning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi ko’hna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bog’liq bo’lgan. T. ning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga ko’tarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim o’rni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning ta’sirini o’rganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining o’ziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shug’ullangan. Galen esa birinchi bo’lib organizmdagi a’zo va sistemalarning tuzilishi hamda funktsiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib o’rgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-a. gacha T.ning asosi bo’lib xizmat qildi. O’rta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning ko’pchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va Arab tillariga tarjima qilindi. Galenning «K,Ivo aladviya al mufrada» («sodda dorilarning quvvatlari») va Badig’ursning «Alabdal aladviya al mufrada» («sodda dorilarning o’rniga o’tuvchilar») kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alibodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa addinavoriy (815 y. tug’ilgan) «kitob finnabot» («O’simliklar qaqida kitob»)ni yaratib, unda 482 xil o’simlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning «kitob assaydana fittib» («Tibbiyotda dorishunoslik») asari o’sha davr T.ining eng katta yutug’i hisoblanib, O’rta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos bo’ldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida g’oyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot entsiklopediyasi xisoblangan 25 jildli «Aljomi’alkabir va qad urifa bilhoviy» («Alhoviy nomi bilan tanilgan katta to’plam») asari shu davrgacha G’arb va Sharq T.ida qadrli bo’lib keldi; 10 jildli «tabobat kitobi» hamda «chechak va qizamiq haqida»gi kitobi ham T.da mashhur edi. O’rta asrda Abu Ali ibn Sino T.ning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Uning «al qonun fittib» (q. «Tib qonunlari») asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Bu asar T.ning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiena va b.ni qamrab olgan. Isitma, o’lat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir ko’zga ko’rinmas jonivorlar qo’zg’atishi to’g’risida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operasiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha etib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri «aladviya alqalbiya» («Yurak dorilari»)dir. Unda olim yurak kasalligida qo’llanadigan (o’zi topgan) dorilar haqida yozadi. Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid «Majmu’ayi Kabir dar adviyat mufrada» («Sodda dorilar haqida katta to’plam»), «Risola dar iloji amrozi sadr» («Ko’krak kasalliklarining davosi haqida risola»), «kitob g’uno va muno» («Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob») kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan. Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid ko’p bilimlar sohibi bo’lgan. O’sha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab ko’rgan. 13-a.ning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy «Ag’ziyat almarzo» («kasallar iste’mol qiladigan ovqatlar») nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom iste’mol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot bo’lish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan. 40 y.dan ortik, tabobat ilmi bilan shug’ullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy (15-16-a.) o’z tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri «dastur aliloj» («kasallarni davolash bo’yicha qo’llanma»)dir. 15— 16-a.larda Hindistonda yashab ijod etgan Xirotlik tabib Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Yusufiy alhiraviy tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan O’rta Osiyo, Xuro- son va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etishiga o’z hissasini qo’shdi. Abdulg’ozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski o’zbek tilida yozilgan «manofi’alinson» («inson uchun foydali dorilar») nomli asari bilan mashhur. 18-a. ning 2yarmi va 19-a.ning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan o’zbek tabibi Ja’farxuja ibn Nasruddinxo’ja alHusayniy alkarukiy Hazoraspiyning o’zbek tilida yozilgan «Multaqiy attib» («Tibbiy ma’lumotlar to’plami») asari (1823) 67 bobdan iborat bo’lib, unda asosan, kishi a’zolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon kilingan. Mashhur o’zbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Ho’qandiy (1851 y.da tug’ilgan) umrining ko’p qismini tabobatni o’rganishga va kishilar sog’lig’ini saqlashga sarfladi. U o’z davrigacha bo’lgan Sharq tabobati qo’lga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan qolda «Qonun aliloj» («davolash krnuni») va «tariq aliloj» («davolash usuli») kitoblarini yozib krldirgan. Ularning ikkinchisida o’pka, yurak, sut bezi, me’da, jigar, ichak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, mo’y va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va ba’zi ruscha nomdagi dorilar keltirilgan. Bositxon Zohidxon o’g’li o’z ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning o’zbek tilida yozilgan 3 asari etib kelgan. O’rta Osiyoda qadimdan dorivor o’simliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga etkazadigan foyda va zararlari o’rganilgan. Natijada xalq qo’lida astasekin T.ga oid ko’pgina ma’lumotlar yig’ilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muqim manbalardan biri bo’lgan. Evropada Uyg’onish davrida T. yangidan ravnaq topdi. 16-a.da ko’pgina fanlar, ayniqsa, T., fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, T.da yangi bo’lim — fiziologiyaga poydevor qo’ydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan T. da foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab bo’ldi. 17-18-a.larda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar o’rganib, T.ga yangi — kasb kasalliklari hamda mex.nat gigienasi bo’limlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari T. taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, bemorni ob’ektiv tekshirish usullari (palpasiya, perkussiya va b.) va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan ma’lumotlar bilan taqqoslash usuli (A.I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va b.) kasallik belgilari organ va to’qima hamda hujayralarning tuzilishidagi o’zgarishlarga bog’liq ekanligini isbotlashga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik T.ning yana bir yangi bo’limi — patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi. Energiyaning saklanish va o’zgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, o’zgarish va almashinuv yo’llarini o’rgana borish biol. va T.ning taraqqiyotida muhim bosqich bo’ldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yo’nalish o’sha qonunlarga asoslandi. 19-a.ning 2yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, o’latnit qo’zg’atuvchilari va kasallik epidemiologiyasi o’rganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaktsina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm bo’ldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tug’ildi. Shu davrda Evropada bezgak, toshmali terlama (toshmali TIF), qaytalama terlama va b. yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi ta’limotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiena fani shakllandi va yuksala bordi. O’sha davrda Rossiya va b. davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mexnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sog’lig’iga ta’sirini o’rganish tufayli ijtimoiy gigiena muammosi ilmiy asoslab berildi. 19-a.ning so’nggi choragida shakllangan biokimyo fani sog’lom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini o’rganish, uning o’zgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va T.ga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar o’rganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funktsiyalari o’rganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli Markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlari materialistik nuktai nazardan ta’riflab berildi. Umuman bu davrda eksperimental T. tobora rivojlanib bordi, frantsuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomoles va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur o’rganish xirurgiyada operasiyalarning muvaffakiyatini ta’minladi. 20-a.da T. da misli ko’rilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va T. da rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sog’asidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga ta’sirini o’rganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. T. texnikasi ham tez rivojlandi. T.ga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sun’iy yurak, sun’iy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik o’zgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol bo’lib qoldi. T. kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operasiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini me’yorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, o’z navbatida, T.ga yangi sohalar (aviasiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning o’zgaruvchanlik qonuniyatini o’rganadigan genetika fani T.ning rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Irsiy kasalliklarni o’rganish tibbiyot genetikasining paydo bo’lishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik o’zgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni o’rganadigan immunopatologiyaga asos bo’ldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinasiya qonuni (1900— 01), ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga bo’linishi kashf etilishi (1907) T. amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda T.ga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaktsiyasi (q. Pirke reaktsiyasi) va allergiya termini kiritildi. 1939-40 y.larda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan bo’lgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qo’llanila boshladi. Vitaminlar haqidagi ta’limot ham rivoj topdi. Ichki sekresiya bezlarining tuzilishi va funktsiyasini o’rganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyasiya masalalarini xam o’rganishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etadigan preparatlarning qo’llanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik T.ni tubdan o’zgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qo’llanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va b. klinikasi ta’riflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va b. xam o’rganmoqdalar. Qon sistemasini o’rganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chog’ida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning o’sishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastic xirurgiya sohasidagi ishlari jahon T. ida yuksak baholandi, amerikalik olim X.U. Kushing, rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va b. ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil a’zolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yo’lga qo’yilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy og’riqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923-30). Zamonaviy narkoz berish usuli va antibacterial terapiya yurak va o’pka xirurgiyasining rivojlanishiga yo’l ochdi, sun’iy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tug’ma va revmatik yurak poroklari xirurgik yo’l bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967). 20-a. boshlarida o’smalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda o’smalarning, chunonchi rakning virusli va kantserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez sur’atlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaktsina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomielit, difteriya va b. infektsion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaktsina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi ta’limot ishlab chikidtsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi (1892) va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy tibbiyotning ba’ – zi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy o’zgarish va muvaffaqiyatlar tufayli aholi sog’lig’ini saklashda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi, o’lim kamaydi, uzoq umr ko’ruvchilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan o’ta xavfli epidemic kasalliklar (vabo, o’lat, chechak va b.) ga barham berildi. Kishilar sogligiga va xalq xo’jaligiga katta zarar etkazayotgan gripp, virusli gepatit, orttirilgan immun tanqisligi va b. virusli kasalliklarga qarshi kurash shu kunning muhim tibbiy muammolaridan bo’lib qolmoqsa. Yuraktomir kasalliklaridan yurakning ishemik kasalligi (q. Infarkt), ateroskleroz, gipertoniya kasalligi va b.ning oldini olish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asabbuzarlik, tamaki chekish, jismoniy mehnat bilan kam shug’ullanish, me’yoridan ko’p ovqat eyish, spirtli ichimliklarga ruju kilish, giyohvandlik kabi illatlar bunday kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’lmoqda. Lekin bu kasalliklarni o’z vaktida aniqdash va davolashda zamonaviy T. anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi. Xavfli o’smalarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash va davolash T.ning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kantserogen moddalar va nurlanishning ta’sirini kamaytirish, o’smalar paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini o’rganish muhim masalalardandir. Bu borada O’zbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda. Zamonaviy T.ning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy o’zgarishlarni o’rganishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sog’liqni saqlashning birinchi masalasi deb qarashmoqda. Tashqi muhitni muhofaza qilish va sog’lomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning buzilishi kishilar sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish o’ta dolzarb masaladir. Tashqi muhitni sog’lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik bo’lib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigienist olimlar va maxsus i.t. institutlari jamoalari ko’pgina arzigulik ishlar qilishdi. Hoz. zamon T.i oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vrach bilan bemor o’rtasidagi munosabatlarning (q. Tibbiyot deontologiyasi) samaradorligiga erishishdir. Organ va to’qimalarni ko’chirib o’tqazishdagi donorlik, to’qimalar Moe kelmasligini bartaraf qilish va ushbu muammoga bog’liq bir qancha masalalar, mas., o’zak hujayralardan davolash maqsadida foydalanish T.da muhim o’rin tutmoqda. O’zbekistonda tibbiyotning rivojlanishi. Toshkentda Turkiston unti ta’sis etilishi va uning tarkibida tibbiyot FTIning ochilishi O’zbekistonda T.ning rivojlanishidagi mug’im sanadir. Bu ft keyin (1931 y.) Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi. 1918 yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. (keyinchalik epidemiologiya va mikrobiologiya i.t. instituta hamda vaktsina va qon zardoblari i.t. institutlari), 1919 yilda N.A. Semashko nomidagi fizioterapiya inti (hoz. Tibbiy tiklanish va fizioterapiya instituti), 1924 yilda Buxoroda tibbiyot parazitologiyasi va bezgak inti (keyinchalik Samarqandga ko’chirilgan) tashkil etildi. T. xodimlarining kompleks ravishda olib borgan ishlari tufayli bezgak va rishta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L.M. Isaev, A.A. Askarov, T.X. Najmiddinov, I.K,.Musaboev, G.N. Terexov va b.ning hissasi katta bo’ldi. O’zbekiston sil i.t. institutida bemorlarni mehnat bilan davolash usuli ishlab chiqildi (Sh.A. Alimov). Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olish masalalarini yoritib berishdi. A.N. Kryukov, I.A. Kassirskiy, Z.I. Umidova, M.S. Tursunxo’jaeva, X.I. Yanbaeva va b.ning ishtiroki hamda rahbarligida O’zbekiston iqlimining yuraktomir tizimiga, organizmdagi moddalar almashinuviga va jigar xastaliklariga ta’siri o’rganildi. Issiq iqlimning organizmning fiziologik jarayoniga ta’sirini aniklashda N.V. Danilov, A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, A.H. Hoshimov, Z.R. Yunusovlar katta i.t. ishlari olib bordilar. Gastroenterologiya masalalari respublika iklimiga va mahalliy aholining turmush xususiyatlari va immun holatiga bog’lab o’rganildi, bu sohada respublikamiz olimlari A.A. Asqarov, E.I. Otaxonov, N.I. Ismoilov, E.Y. Qosimov va b.ning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. K.A. Zufarov rahbarligida me’daichak yo’lini elektron mikroskopda o’rganish ishlari olib borildi va bu soha bo’yicha noyob atlas yaratildi. Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish g’amda biokimyosi sohasida katta tadqiqotlar olib borildi (S.A. Masumov, Yo.H. To’raqulov va b.). Keyingi vaqtda nazariy va eksperimental T.ning asosiy fanlaridan biri — patologik fiziologiya sohasida, chunonchi uning ovqat hazm qilish organlari, moddalar almashinuvi patologyaisi va allergologiya bo’limlari bo’yicha ilmiyamaliy ahamiyatga ega bo’lgan bir qator tadqiqotlar olib borildi (N.H. Abdullaev, H.Yo. Karimov, M.M. Haqberdiev). Issiq iqlim sharoitida bolalarda x,azm a’zolari kasalliklarining turli jihatlari o’rganildi. Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etish va bolalar ovqatlanishi sohasida tadqiqot ishlari olib borildi (S.Sh. Shamshiev, S.N. Yo’ldoshevavab.). O’zbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S.A. Masumov, H.G’. G’ofurov, V.V. Vohidov, O’.O. Oripov, Sm. A’zamxo’jaev, M.A. Ashrapova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov va b. kata hissa qo’shishdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari: neyroxirurgiya,ortopediyavatravmatologiya(N.M. Shomatov, O.Sh. Shokirov, M.H. Qoriev, Sh.Sh. Hamraev va b.), urologiya (o.M. Muxtorov va b.), bolalar xirurgiyasi (K.X. Tohirov, A.S. Sulaymonov); bolalar yuqumli kasalliklari (Sh.H. Xo’jaev, O.S. Maxmudov, T.O. Daminov) bo’yicha ham o’tkazilgan ilmiy izlanishlar yaxshi samaralar berdi. Respublikada Otorinolaringologiya fani q.J. Mirazizov va b. tomonidan ancha taraqqiy ettirildi. Ko’z kasalliklarini aniklash va davolash masalalari (M.K. Komilov), nafas organlarining profilaktikasi, tashhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qo’lga kiritildi (A. M. Ubaydullaev, N. H. Ptomirzaev). Gematologiya va qon quyish soqalarida kamqonliklarni barvaqt aniklash, samarali davolashda, komponent gemoterapiyani joriy etish buyicha ham muhim i.t. ishlari o’tkazildi (X.A. Hakimov, S.M. Baxromov va b.). Nafas, hazm va yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlash masalalari yoritib beriddi (J.M. Abdurasulov, J.N. Mahsumov, A. R. Mansurov, Sh. Mirg’aniev). Nerv sistemasining infektsion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar o’tkaziddi (A.R. Rahimjonov, X.Q. Salohiddinov. N.M. Majidov). Psixiatrlar pellagra va quturish kasalliklarida psixikaning buzilishini, shuningdek, psixozlarni davolash masalalarini o’rganishdi (X. Olimov). Revmatizm va podagra kasalliklarining qay tarzda kechishi, bularning oldini olish, davolash (R.A. Qoraboeva, T. S. Soliev) joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali ishlari yumshoq shankrni tugatish, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi (A.A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R.A. Kapkaev). Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini o’rganishdi. Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi (I.K. Komilov, O’.B. Zokirov va b .). T.ning asosiy tarmoqdaridan biri — tashqi muhitni o’rganish, aholi yashaydigan joylarni sog’lomlashtirish, sanitariyagigiena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigienasi sohasida ham ko’p ishlar qilindi ( A3. Zohidov, G’.M.Maqkamov, B.X. Ma’zumov, T.I. Iskanderov). O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saklash vazirligi tizimida ko’plab ilmiy tadqiqot intlari, tibbiyot oliy o’quv yurtlari, jumladan, Toshkenpg farmasevtika instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 2000 fan nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori ishlab turibdi (2004). Saidjshol Bahromov, Erkin Qosimov, Najiulla Shomirzaev.