To’rtko’ltepa

To’rtko’ltepa — Toshkent viloyatidagi shahar xarobalari. T.I — Yangiyo’l sh. g’arbida joylashgan. Kurkuldaq irmog’i chap soxilida kvadrat (400×400) tarhli qal’a, yirik xom g’ishtdan (46— 52×25 — 26×10—12 sm) qurilgan devor bn o’ralgan. Yu. F. Buryakov o’rgangan (1977). Devor poydevorining qalinligi 8 m, saqlanib qolgan bal. 8 m. Devorga yondosh qilib supali xonalar qurilgan. Ularda jangchilar yashagan. Qovunchi madaniyatitz. tegishli sopol buyumlar chiqqan. T. II (Shaharbobo) — Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Strategik qulay balanddikda, daryoning quyilish eriga yaqin joyda, 2 tomondan Daryo o’zani va ko’shimcha kavlangan xandaq bn o’ralgan. Shoshiloq ekspedisiyasi tomonidan’ aniqlangan (1975). Shim. g’arbdan — Jan. sharqqa qarab 750 m ga cho’zilgan, kengligi 300 m dan ziyod. Shaxristonning bal. 18 m gacha. Shim. qismida to’rtburchak (75×80 m) tarxli, bal. 22 m gacha bo’lgan qal’a joylashgan. T. III (Unjaket) — Chirchiqdaryosi etagidagi gul qishlog’ida joylashgan. Yu. F. Buryakov tomonidan aniqlangan (1971). 1972 y.da kavlash ishlari olib borilgan. Qal’aning paxsa devori ko’tarma poydevor ustiga qurilgan. U 9-a. oxiri — 10-a.dan 13-a. boshigacha mavjud bo’lgan. Qal’a va Shahriston yong’indan xarobaga aylangan. 15-17-a.larda T. III da hayot bir oz jonlangan.