«Turkestanskie Vedomosti»
«Turkestanskie Vedomosti» («Turkiston vedomostlari») — Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gaz. Turkiston generalgubernatori Kaufman tomonidan chop etilgan. 1870 y.dan Toshkentda (1872 y. iyul — 1873 y. Fev.da Peterburgda) rus tilida nashr qilingan. Dastlab gaz. bir maromda chiqmagan. 1870 y.da fakat 17 ta soni chop etilgan. Keyingi yildan boshlab haftasiga 1 marta, 1903 y.dan oyiga 3-4 marta, 1907 y.dan kundalik gaz. sifatida chiqa boshlagan. Gaz.ning 6406 soni bosilgan. «T. v.»faoliyatiga bevosita generalgubernator xizmatidagi harbiylar rahbarlik qilishgan. Piyoda qo’shinlar ofitseri N.A.Maev 1892 y.ga qadar muharrir bo’lgan. «T. v.»podsho Rossiyasi hukumatining Turkistondagi mavqeini mustahkamlashga, o’lkada chorizm siyosatini o’tkazishga, mahalliy aholini chor hukmdorlari va amaldorlariga itoatgo’ylik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. Gaz.da, asosan, Turkiston generalgubernatorligining buyruk, va farmonlari, turli xil rasmiy ma’lumotlar bosilgan. Shuningdek, o’lka tarixi, xo’jaligi, tabiati va bu erda yashovchi xalklarning etnografiyasi, folklori, adabiyoti, urfodatlariga doyr qiziqarli materiallar ham berib borilgan. Mazkur materiallar o’lka xalq xo’jaligi va madaniyati tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Gaz.da o’lka hayotining barcha jabhalarini yorituvchi «ichki xabarlar», «xabar va yangiliklar», «mahalliy xronika», «SanktPeterburg» bo’limlari faoliyat ko’rsatgan. «T.v.»da V.V.Bartold, L.S.Berg (1876-1950), N. A. Seversev (1827— 85), A. N. Fedchenko (1844-73), I.V. Mushketov (1850-1902), V.F.Oshanin (1844-1917) kabi mashhur olimlar, sharqshunoslar hamkorlik qilishgan. Mazkur olimlarning faol ishtirokida gaz.ning publisistik ruhi kuchaygan. Gaz.da mahalliy xalq vakillari ham ishtirok etgan. Jumladan, Sattorxon Abdug’afforovning Qo’qon xonligidagi ahvol xususidagi ocherki gaz. muxlislarini jalb etgan. Gaz. o’lka hayotidagi ko’plab salbiy holatlarni ko’rsatmaslikka harakat qilgan. Gaz.ning Moskva, Peterburg, Vladivostok va b. shaharlarda doimiy muxbirlari bo’lgan. Dastlab «Turkiston viloyatining gazeti» ushbu gaz.ga ilova tarzida chiqarilgan. Gaz. faoliyati Turkiston XKS ning 1917 y. 15 dek. dagi qaroriga muvofiq to’xtatilgan (so’nggi soni 1917 y. 15 dek.da bosilgan). Dastlabki davrda gaz. 100 nusxa, 1909 y.dan esa 853 nusxadan iborat bo’lgan. Ad..Avsharova M . N ., 18701917 yillarda Turkiston rus vaktli matbuoti, T., 1959; Ernazarov T.E.,Turkistondavaqtli matbuot (18701924), T., 1959; Ernazarov T. E., Akbarov A. I ., Istoriya pechati Turkestana, T., 1976; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000. Norali Ochilov.