Tuproq tasnifi

Tuproq tasnifi — tuproklarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga bo’lish. Hoz. zamon genetic T. t. tuproq xrsil bo’lishi, rivojlanishi, evolyusiyasi jarayonlari va xususiyatlarini o’zida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. Asosiy tasniflash birligi — tuproq genetic tipidir. Hoz. zamon tasnifida 100 dan ortiq tuproq tiplari ajratilgan bo’lib, ular o’z navbatida tipchalar, turkum, tur va xillarga bo’linadi. Tuproq diagnostikasi, ya’ni ob’ektiv belgilar sistemasi tasnifning eng muhim qismi bo’lib, tuproqni tasnifning barcha taksonomik darajalarida ajratishga imkon beradi. Tuproqni amaliy (agrar, ishlab chiqarish., meliorativ, o’rmonchilik va b.) jihatdan gurug’larga ajratish katta ahamiyatga ega. Yagona xalqaro T.t. ishlab chiqilmagan. FAO, YUNESKO tomonidan (1968-74) dunyo tuproq xaritasini tuzishda birinchi dunyo tuproq sistemasini yaratishga urinib Ko’rildi. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sug’oriladigan tuproklar tarzida tasniflanadi. Yangi T.t.da sug’orish ta’sirida tuproq jarayonlari xarakterining tubdan o’zgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning zonal joylanish holati, sug’orish ta’sirida o’zgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik sharoitlari e’tiborga olinadi. Zonal joylanish holati sug’oriladigan tuproqning ma’lum kenglik zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini ko’rsatadi. Shunga ko’ra, O’rta Osiyoning tekislik qismi sur tusli qo’ng’ir, qumli cho’l, taqirli va taqir, shuningdek, gidromorf sharoitda ularga yo’ldosh o’tloqi, botqoqio’tloqi va botqoqi tuproqlar tarqalgan ch>;l zonasi sifatida qaraladi. Balandlik mintaqasi sistemasining quyi qismi — tog’oldi va tog’etagi tekisliklarida och tusli tipik va to’q tusli sur tuproqlar, Daryo vodiylari hamda sazlarda esa sur tuproq mintaqasining gidromorf, o’tloqi, botqoqio’tloqi va botqoqi tuprokdari rivojlangan. Bu zona va mintaqachar sharoitida rivojlangan sug’oriladigan tuproqlar profilida tabiiy zonal tuproqning ba’zi belgi va xususiyatlari saklanadi. Shu asosda sug’oriladigan tuproqlarning quyidagi tiplari ajratilgan (1974): cho’l zonasining o’tloqivoha, botqoqivoha va taqirli voha; sur tuproklar mintaqasining o’tloqivoha; botqoqivoha, sur voha tuprokdari. Voha tuproqlarining rivojlanish etapi yoki bosqichlari tipchalar bilan ifodalanadi. Tuproklar o’zining tabiiy tuproq belgilarini saklagan holda, ya’ni tip darajasida sugoriladigan sur tuproqlar, sug’oriladigan sur tusli qo’ng’ir tuproklar va shu kabi deb, agar tuprokda yangi sharoitga xos bo’lgan belgilar paydo bo’lsa, tipcha darajasiga bo’zvoha, taqirli voha tuproklar va shu kabi deb ataladi. Bundan ham kichik taksonomik birlikka, ya’ni turkum va xillarga sho’rlanish, sho’rtoblanish, tuproq hosil qiluvchi ona jins, granulometrik tarkibiga qarab ajratiladi. Ad.: Azimboev S, tuproq va uning turlari, T., 1986. Sobirjon Azimboev.