Tumov, rinit
Tumov, rinit — sovqotish, infektsiya, allergiya natijasida burun shilliq pardasining yallig’lanishi. Mustaqil kasallik yoki infektsion kasalliklar (mas., gripp, difteriya, qizamiq va b.) belgisi bo’lishi mumkin. T.da burun yoki tomoq shilliq pardasi shishib, achishadi va quruqshaydi; 3-4 kundan keyin burundan ko’p miqdorda suyuq tiniq shilimshiq keladi. Bemorning umumiy ahvoli aytarli o’zgarmaydi, harorati, odatda, normal yoki bir oz ko’tariladi (37-37,5°), boshi og’irlashib, ish qobiliyati pasayadi; burundan nafas olish qiyinlashadi, ba’zan, ko’z shilliq pardasi yallig’langanligi tufayli yosh oqadi, hid bilish pasayadi. T. xususan emadigan bolalarda og’ir kechadi. Ularning burun yo’llari juda tor bo’lib, burun shilliq qavatining ozgina bo’lsada shishishi burundan nafas olishni qiyinlashtiradi. Natijada jiddiy o’zgarishlar: tajanglik, uyqu buzilishi, emmay qo’yish, juda ozib ketish va b. kuzatiladi. Ba’zan yallig’lanish burunhalqum va eshituv nayi shilliq pardasiga, hatto hiqildoq, bronx va o’pkaga ham o’tib keta – Di. Shuning uchun T.ni zo’raytirib yubormaslik kerak. Kasallik alomatlari paydo bo’lishi bilan vrachga murojaat etish lozim. Asal yoki malina murabbosi solingan issiq choy ichish, vrach tavsiya etgan tomir toraytiruvchi tomchilarni burunga tomizish kerak, bu — shilliq parda shishini pasaytiradi, natijada burun oqishi kamayadi, burun ochilib, nafas olish yaxshilanadi. Vrach buyurgan davo choralarini qat’iy bajarish lozim, aks holda yallig’lanish jarayoni surunkali shaklga o’tib ketishi mumkin. T. hamma vaqt ham sovqotish yoki infektsion kasalliklardan kelib chiqavermaydi. Ko’pincha (asosan, asabi tez qo’zg’aluvchan kishilarda) allergik yoki vazomotor T. ham uchrab turadi; kasallik xuruj qilganda bemor tinmay aksa uradi, burnidan suyuq shilimshiq, ko’zidan yosh oqadi, burun va qovoklari qichishadi; T.ning bu shakli ba’zan bir kunda bir necha marta xuruj qiladi. Allergik T.ning alohida bir turi — pichan tumovi, asosan, boshoqli o’simliklar gullagan davrda uchraydi. O’tkir T. tez-tez kdytalab tursa, surunkali T.ga aylanib ketishi mumkin. Surunkali T. burun bo’shlig’i shilliq pardasining o’sib, qalin tortishi (gipertrofiya) yoki uning yupqalashib ketishi (atrofiya)ga olib kelishi mumkin, natijada nafas olish qiyinlashadi. Shuning uchun T.ning surunkali shaklga o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik zarur. T.ning oldini olishda organizmni chiniqtirish juda muxim.