V asrning o’rtalari – Eftaliylarning O’rta Osiyoga kirib kelishi. Eftaliylar davlati to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar.
V asrning ikkinchi yarmi – Eftaliylar davlatining tashkil topishi.
456-yil – Sosoniylarning kidariylarni tor-mor keltirilishi.
457-yil – Eftaliylar shohi Vaxshunvarni Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshonni zabt etishi.
484-yil – Sosoniylar shohi Pero’zning eftaliylar bilan bo’lgan jangda halok bo’lishi. Vaxshan varning Eron ustiga katta o’lpon solishi va Marv, Kobul, Panjobni hamda Sharqiy Turkistondagi Qorashar, Kucha, Koshg’ar va Xo’tanni zabt etishi.
V-VI asrlar – Termiz shahridan 30 km shimolida termiz-shohlar qal’a-qasri – Bolaliktepa bunyod etilgan.
V-VII asrlar – Buxoro yaqinida joylashgan Varaxsha – Eftaliylar davlati poytaxti.
502-506-yillar – Eftaliylarning sosoniylar tomonidan turib Vizantiyaga qarshi kurashda qatnashishi.
502-yil – Sosoniylar shohi Qubodni eftaliylar bilan ittifoqda Vizantiyaga qarshi yurishi; Xarran (Karra) shahrining qamal qilinishi.
552-yil – Bunin xoqon asos slogan Turk xoqonligining tashkil topishi. Turk xoqonlari va G’arbiy Turk yabg’u xoqonlari: Bumin (551-552), Muqan (553-572), Taspar (572-581), To’nga Turon (588-600), Shibi (609-619), Elxoqon (620-630), Qutlug’ Eltarish (680-691), Bekcho’r Qapag’an (691-716), Bilga (716-734),l Istami yabg’u (552-576), Tardu (576-603), Sheguy (610-618), Tun yabg’u (618-630), El-bilga Ishbara (630-641), Ulug’ Ishbara (651-657) va boshqalar.
554-yil – Sosoniylar shohi Xusrav I Anushirvon eftaliylardan Toxaristonni tortib olgan.
563-567-yillar – Turk xoqoni Istami yabg’u Eron bilan ittifoq tuzib Eftaliylar davlatini tor-mor keltirgan.
565-yil – Eftaliylarga turkiylar tomonidan zarba berilishi.
567-yil – Toxaristonning Turk xoqonligi tarkibiga qo’shilishi.
567-yil – So’g’d savdogari Maniax boshchiligidagi Turk xoqoni elchilarining Eronga borishi.
568-569-yillar – Maniax boshchiligida elchilarni Vizantiyaga borishi.
569-yil – Zemarx boshliq Vizantiya elchilarining Turk xoqoni huzuriga kelishi.
585-586-yillar – Abruy boshchiligida Buxoroda ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni.
VI-VII asrlar – Xorazmda yangi shakldagi manzilgohlar – katta-katta oilalar yashaydigan, mustahkamlangan qasr-qo’rg’onlarning paydo bo’lishi.
VI-VIII asrlar – Buxoro shahri va uning atrofida mavjud bo’lgan Buxorxudotlar hokimligi.
VI asr oxiri-VIII asr boshi – Vardonxudotlar hokimligi – Buxoro vohasining shimoliy-g’arbiy qismida faoliyat ko’rsatgan kichik davlat.
600-yil – Samarqand, Buxoro, Vardona, Kesh, Usrushona, Farg’ona, Choch va boshqa davlatlar haqida Xitoy solnomalarining ma’lumoti.
603-yil – Turk xoqonligining Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketishi.
622-yil 16-iyul – Hijriy-qamariy yil hisobining boshlanishi.
627-647-yillar – O’rta Osiyo shaharlari (Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Kushoniya, Choch va boshqa)dan Xitoyga elchilar borishi.
629-645-yillar – Xitoy sayyohi Syuan-Szanning O’rta Osiyoga sayohati.
630-659-yillar – G’arbiy turk xoqonligining Xitoyga qarshi kurashi.
632-yil – Arab xalifaligining tashkil topishi.
632-637-yillar – qadimgi Eronning 627-yilgacha bo’lgan tarixi bayon etilgan “Xvaday namak” (“Podshohnoma”) pahlaviy tilida yozilgan.
645-658-yillar oralig’i – G’arbiy turklarning Xitoy qo’shinlaridan yengilishi.
651-yil – Marv shahrining xalifalik tomonidan egallanishi va Xurosonda maxsus noiblikning tashkil etilishi.
654-yil – Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi.
667-yil – Arab xalifaligi qo’shinlarining Chag’oniyonga hujumi.
674-yil kuzi – Ubaydulloh ibn Ziyodning Poykend va Buxoroga talonchilik va bosqinchilik yurishi.
676-yil – Said ibn Usmon boshliq arab qo’shinining Buxoroni egallashi. 80 nafar mahalliy aslzodalarni garovga olinishi.
677-yil – Samarqand Namozgohida arab sarkardasi Qusam ibn Abbosning shahid bo’lishi.
691-716-yillar – Turk xoqonligi hukmdori Qapag’on xoqonning hukmronlik davri.
695-yil – Buxorxudot Tug’shodaning islomni qabul qilishi.
699-767-yillar – Imom A’zam Abu Hanifa (Sobit ibn Nu’mon)-hanafiylik mazhabi asoschisi yashagan.
VII-VIII asrlar – Qadimgi Shahristonda Quva Budda ibodatxonasi bunyod etilgan.
704-yil – G’arbiy turk xoqonligining tugatilishi; hokimiyatning turkashlar qo’liga o’tishi.
705-715-yillar – Qutayba ibn Muslim – Xuroson noibi.
705-yil – Movarounnahrning Arab xalifaligi (Qutayba ibn Muslim) tomonidan istilo qilishning boshlanishi. Xalifalikning Balx viloyatini zabt etishi, Chag’oniyon hokimining jangsiz taslim bo’lishi, Oharun va Shumanga qilingan muvaffaqiyatsiz yurish.
707-yil – Qutaybaning Buxoro vohasiga bostirib kirishi; Poykend qamali. Mahalliy hokimlar va turklarning yordamga kelgan qo’shini bilan Qutayba qo’shini o’rtasida Torob va Romitan oralig’idagi jang; Romitanni istilo qilinishi.
709-yil – Qutayba tomonidan Varaxsha, Vardona va Buxoroning istilo qilinishi, Buxoro shahristoniga arab qabilalarining joylashtirilishi; zardushtiylar ibodatxonasining Jome masjidiga aylantirilishi.
710-yil – Qutayba qo’shinlari tomonidan Shuman, Nasaf va Keshning istilo qilinishi.
710-737-yillar – Sug’d ixshidi G’urakning hukmronlik davri.
VIII asr – sug’d tilida “Xalqlar ro’yxati” tuzilgan hujjat. Unda O’rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elat nomi keltirilgan.
711-712-yillar – Qutaybaning Xorazmga yurishi. Xurzod qo’zg’olonning bostirilishi. Xorazmning tobe ettirilishi.
712-yil – Qutaybaning Samarqandga yurishi. Arbinjon mavzeida jang. Samarqandni Taslim bo’lishi.
713-yil – Qutayba qo’shinlari tomonidan Choch, Usrushona, Xo’jand va Kosonning istilo qilinishi.
714-yil – Qutaybaning Isfijobga yurishi.
715-yil – Xalifalik tomonidan Farg’ona vodiysining zabt etilishi. Qashqargacha kirib borish. Qutayba ibn Muslimning isyon ko’targan arablar tomonidan Kox qishlog’ida (hozirgi Andijon viloyati, Jalolquduq tumanida) o’ldirilishi.
717-738-yillar – Turkashlar xoni Suluning hukmronlik davri. U Sug’dning arablarga qarshi kurashida faol qatnashgan.
720-723-yillar -Sug’d ixshidi G’urak boshchiligidagi qo’zg’olon. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragach, G’urak bilan Qutayba o’rtasida sulh tuzilib, G’urak arablar tomoniga o’tadi.
721-722-yillar – Panjikentda arablar zulmiga qarshi Panjikent hokimi Devashtich boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tgan; Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragach, Devashtich qatl etilgan va 400 sug’d savdogari Xitoyga jo’nab ketgan.
728-737-yillar – Arablarga qarshi sug’diylar va turkiylarning birgalikdagi kurashi.
734-739-yillar – Umaviylarga qarshi Movarounnahrda Horis ibn Surayj qo’zg’oloni.
735-yil – Bilga xoqon (716-734) bitigi bitilgan.
738-748-yillar – Nasr ibn Sayyor – Xuroson noibi.
738-753-yillar – Buxorxudot Qutayba ibn Tag’shodaning hukmronlik davri.
739-yil – Nasr ibn Sayyor qo’shini bilan Qursul boshchiligidagi turk yollanma qo’shini o’rtasida Sirdaryo bo’yidagi jang. Horis ibn Surayjning Chochga qochishi.
742-yil – Qarluqlar davlatining tashkil topishi.
745-yil – Turk xoqonligining so’nggi hukmdori Baymen xoqonning o’ldirilishi va xoqonlik taxtining uyg’urlar qo’liga o’tishi.
746-yil – Abbosiylar targ’ibotiga rahbarlik qilish uchun Abu Muslimning Xurosonga yuborilishi.
747-750-yillar – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar qarshi Abu Muslim harakati.
747-yil dekabr – Abu Muslim Xuroson noibi Nasr ibn Sayyorni yengib Marv shahrini egallagan.
748-yil – Abu Muslim Nishopur va Tusni zabt etib, xalifalik poytaxti Damashqqa yurish qilgan.
749-yil – Abu Muslim Nahovand yaqinida umaviylarni tor-mor etgan.
750-yil boshi – Abu Muslim qo’shini Katta Zab daryosi bo’yida umaviylar ustidan hal qiluvchi g’alabaga erishgan; Xalifalik taxti abbosiylar sulolasi qo’liga o’tgan.
750-1258-yillar – Arab xalifaligida abbosiylar sulolasi.
750-yil bahori – Movarounnahrda abbosiylar xalifaligiga qarshi arab aslzodasi Sharik boshchiligida qo’zg’olon ko’tarilgan.
751-yil – Ziyod ibn Solih qo’mondonligi ostidagi arab qo’shini Xitoy qo’shinini Talaas daryosi bo’yidagi jangda tor-mor qilgan.
755-yil – Xuroson noibi Abu Muslimning Bag’dodda xalifa Mansur buyrug’i bilan xoinlarcha o’ldirilishi.
757-759-yillar – Abdujabbor ibn Abdurahmon – Xuroson va Movarounnahr noibi.
766-X asr o’rtalari – Qarluqlar davlati (Yettisuvda).
767-832-yillar – Mashhur faqih Abu Hafs Kabir Buxoriy yashagan davr.
776-784-yillar – Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi Muqanna (“Oq kiyimliklar”) qo’zg’oloni.
782-831-yillar – Buxoro vohasida Kanpir devori (Devori Kampirak)ning o’ldirilishi.