Tog’ jinslarining yotishi

Tog’ jinslarining yotishi – Er po’stida tog’jinslarining shakli va fazoviy joylashuvi. Cho’kindi tog’ jinslari buzilmagan holatda dastlab gorizontal joylashadi. Tog’jinslari dastlabki yotishining buzilishi yoki dislokasiyasi 2 sabab bilan: endogen — tektonik harakatlar va ekzogen — ko’chki, o’pirilish, tog’jinslarining erishiga sabab bo’luvchi er yuzasidagi va ayniqsa, grunt suvlarining faoliyati natijasida sodir bo’ladi. T.j.yo. cho’kindi tog’jinslarining to’planish sharoiti bo’yicha 3 xilga ajratiladi: transgressiv, regressive va migrasion yotish. T.j.yo. 3 asosiy guruh: burmalangan yoki plikativli (qatlamlar yaxlitligi buzilmagan), uzilishli yoki diz’yunktivli (uzilish bilan), magmatic massalarning singib kirishi yoki ilgari hosil bo’lgan tog’jinslari qatlamlarida yuqori qayishqoqlikka ega bo’lgan jinslarning (tuzlar, gipelar) buzilish shakllaridan iborat. Qatlamlarning turli yoshdagi majmualari ko’payganda T. j.yo.ning 2 asosiy tipi: muvofiq va nomuvofiq yotishi farq qilinadi. Bu terminlardan stratigrafik va strukturaviy o’zaro munosabatlarni anikdashda foydalaniladi. Magmatik tog’jinslari turli xil shakllarda yotadi. Er yuzasiga oqib chiqqan lavalar oqim va qoplam (effuziv tog’jinslari) ko’rinishida soviydi; er yuzasidan uncha chuqur bo’lmagan joyda magmaning sovishi natijasida shtoklar, tomirlar, daykalar, plitasimon qiya jismlar (sillar), lakkolitlar (ekstruziv va gipabissal tog’jinslari) vujudga keladi. Magma 1,5—2 km chuqurlikda soviganda shtoklar va batolitlar (intruziv tog’jinslari) hosil bo’ladi.