Tog’ay Murod

Tog’ay Murod (taxallusi; asl ismsharifi Mengnorov Tog’aymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo’jasoat qishlog’i — 2003.27.5, Toshkent) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent untining jurnalistika ftini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir (1972-75), «O’zbekiston fizkulturachisi» gaz. da (1976-78), «Fan va turmush» jurnalida (1982-84) adabiy xodim. 1984-86 y.larda Moskvada Oliy adabiyot kursida o’qigan. Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari e’lon qilingan. Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi» (1976). «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo er qo’shig’i» (1985) qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan. Ularda halol, oqko’ngil, to’g’riso’z, mard o’zbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. O’zbek adabiyotining yutug’i sifatida e’tirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. T.M. o’zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi an’analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. «Otamdan qolgan dalalar» (1993) romanida O’zbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan o’zbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi og’ir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul o’zbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga ko’tarilgan. U boshiga yog’ilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur bo’lsa da, o’z insoniy sha’ni, qadrqimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). «Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi» romanida ham o’z ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolg’on e’tiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini elga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy bo’yoklarda tasvirlagan. Jek Londonning «boyning qizi» dramasi va hikoyalarini, E. SetonTompsonning «yovvoyi yo’rg’a» qissasini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Abdulla Qodiriy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1994). Ortiqboy Abdullaev.