Toshkent sharqshunoslik instituti

Toshkent sharqshunoslik instituti — sharqshunos kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1991 y. 15 iyulda Toshkent universitetining Sharq FTI asosida tashkil etilgan. Bakalavriatlarning 8 ta va magistraturaning 12 ta yo’nalishi (jumladan, Sharq tillari va adabiyoti bo’yicha filologlar, Sharq falsafasi, shuningdek, Islomshunoslik, mintaqashunoslik va xalqaro munosabatlarga taallukli ixtisosliklar) bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar etkazib beradi. Intda 4 ta ft: Sharq filologiyasi, iqtisodiyot, tarix, Quriyashunoslik; malaka oshirish va til o’qitish maxsus markazi, 34 ta kafedra (jumladan, Arab, eronafg’on, Xitoy, yapon, koreys filologiyasi, Sharq tillarini o’qitish metodikasi, Markaziy Osiyo xalklari tarixi, manbashunoslik va matnshunoslik, xorijiy mamlakatlar tarixi, Islomshunoslik, xalkaro munosabatlar, menejment va marketing, xorijiy mamlakatlar iqtisodi, xalqaro iktisodiy munosabatlar va b.), shuningdek, fundamental, amaliy va innovasion yo’nalishlardagi 10 ta ilmiy guruh (Sharq mumtoz adabiyoti tarixini o’rganish, Islomshunoslik va iktisodiyot bo’yicha) va zamonaviy axborot texnologiyalari markazi faoliyat kursatadi. Intda 3000 dan ortiq talaba, 370 prof.o’qituvchi (ulardan 30 tasi xorijliklar), jumladan 54 prof. va fan dri, 140 dos. va fan nomzodi hamda 3 O’zbekiston FA akad. ishlaydi (2004). Int muassisligida «Sharq mash’ali» («Mayak Vostoka») ilmiyommabop jurnali va «Sharqshunoslik» («Vostokovedenie») ilmiy jurnali nashr etiladi. Int kutubxonasida 200 mingga yaqin kitob jamlanmasi va 1000 ga yaqin noyob ko’lyozma asarlar zaxirasi mavjud. Int qoshida 2 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib boradi. Shuningdek, intda iqtidorli talabalar markazi va Yosh olimlar kengashi ish yuritmoqda. Int dunyoning 40 dan ortiq xorijiy mamlakatlari (jumladan, Misr, AQSh, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Frantsiya, Germaniya va b.) universitetlari o’quv yurtlari va i.t. muassasalari bilan kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha o’zaro tajriba almashish va malaka oshirish sohalarida hamkorlik qiladi. Intda N. Ibrohimov, Sh. Shomuhamedov, G’. Abdurahmonov, A. Rustamov, O. Shomatov, A. Quronbekov, T. Muxtorov, T. G’iyosov, G’. Ahmadjonov, M. Boboxo’jaev, T. Sattorov, M. Axmedova, Q. Sodiqov, Q. Mahmudov, M. Ishoqov, R. Xo’jaeva, A. Mo’minov, S. G’anieva kabi yirik olimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.