Toshkent yuridik instituti

Toshkent yuridik instituti — xalq xo’jaligining barcha sohalari uchun yuristhuquqshunoslar tayyorlovchi oliy o’quv yurti. Toshkent unti yuridik FTI negizida 1991 y. tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufida. O’quv jarayoni 2 bosqich: bakalavriat va magistratura bosqichlarida amalga oshiriladi. Intda 3 ta xuquq va ikkinchi mutaxassislik FTI hamda magistratura markazi, 12 ta maxsus kafedra, 9 ta ijtimoiy kafedra bor. 3370 talaba o’qiydi. 200 dan ortiq prof. o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi (2004). Intda demokratik, huquqiy davlatni barpo etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish, Qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, aholi huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targ’ibotni kuchaytirishni ko’zda tutgan muammolarga oid tadqiqotlar olib boriladi. Yuridik fanlari dri va nomzodi ilmiy darajasini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat ko’rsatadi. 300 ming asarga ega bo’lgan asosiy kutubxona, 2 mingdan ortiq kitob jamlangan huquqiy axborot xonasi bor. Inson huquqlari va huquqiy yordam ko’rsatish klinikalari tashkil etilgan, ular aholiga bepul xizmat qiladi. Bu klinikalarda 60 dan ortiq talaba, o’qituvchi, amaliyotchi faoliyat olib boradi. Klinika a’zolari Polsha, Vengriya, Rossiya va b. davlatlardagi yuridik klinikalarda malaka oshiradilar. Intda»Davlatvahuquq», «O’zbekiston qonunchiligi tahlili» yuridik jurnalilari va «xuquqiy ma’rifat» gaz. chop etiladi. 1999 y.da int qoshida akademik lisey tashkil qilingan.