Toshkent xalqaro kinofestivali

Toshkent xalqaro kinofestivali — film va ishtirokchilar soni jihatidan eng yirik kinofestivallardan. Filmlar rasmiy va informasion dastur asosi» da namoyish etiladi. 1968 y.dan «tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun» shiori ostida o’tkaziladi. Dastlab konkurssiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining kino sohasidagi yutuqlarini namoyish qilinishi bilan boshqa kinofestivallardan farq qilgan. Festival doirasi kinosi rivojlangan Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan bir katorda milliy kinosi endi shakllanayotgan davlatlarga ham mo’ljallangan. Senegallik rej. Semben Usmon, marokashlik Suxayl Ben Barkalarning filmlarining ko’rigi ilk bor T.x.k.da namoyish etildi. Festival davomida matbuot konferentsiyalari, ijodiy bahslar o’tkaziladi. Kundalik matbuot byulletenlari va «kinofestival yo’ldoshi» gaz.jurnalilari festivalning kundalik faoliyatini yoritib boradi. Kinofestival 1988 y. (10festivaldan boshlab)dan konkursli bo’ldi va 5 xil mukofot ta’sis etildi: eng yaxshi film uchun bosh sovrin «Oltin Semurg'»; eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun «kumush Semurg'»; eng yaxshi ayol roli uchun «Oltin Lola»; eng yaxshi erkak roli uchun «Oltin archa»; milliy an’analar saqlangan filmlar uchun «Xo’ja Nasriddin» sovrinlari. Birinchi bosh sovringa «hech qaerga sayohat» nomli hind filmi sazovor bo’ldi. Mustaqil bo’lgan T. h.k. «xalqaro» maqomiga ega bo’lib, barcha xohlovchi davlatlar qatnashishi fcmumkin. 1992 y. 11 T.x.k. «Assalomu alaykum» shiori ostida o’tkazildi. Bosh sovrin Avstraliya rej.i Mark Noferin filmi («Spotvud») ga berildi. 12T.x.k. 1997 y. Chingiz Aytmatov raisligida o’tkazilib, bosh sovrin «Alvido, azizim» (Jan. Koreya) filmiga berildi.