Telefon aloqa
Telefon aloqa — telefon apparati yordamida abonentlar o’rtasida tovushli aloqa bog’lashga imkon beradigan elektr aloka vositasi. Telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi, amalda istalgan masofa orasida, er yuzidagi istalgan joy o’rtasida tovushli aloka urnatishga imkon beradi. Shotland ixtirochisi A. G. Bell 1876 y.da birinchi elektrakustik qurilma — telefon ixtiro qilganidan g’amda AQSh (NyuXeyven) da 1878 y.da birinchi telefon stya qurilganidan beri T.a. boshlangan. O’sha yili ingliz fizigi D. E. Yuz kumir uzakli mikrofon yaratdi. Amerikalik ixtirochi T. A. Edison (1847-1931) kup yillar mobaynida T. a.ni takomillashtirishga doyr ishlar olib bordi. Birinchi oddiy ATS loyihasini rus ixtirochisi K. Mossiskiy 1887 y.da taklif qildi. Murakkab ATS loyihasini 1893 y.da rus olimi M. F. Freydenberg ishlab chikdi. Birinchi xalkaro telefon liniyasi (Moskva — Peterburg) 1908 y.da ochildi, 1939 y.da dunyoda eng uzun ko’p karrali T. a. liniyasi (Moskva — Xabarovsk) ishga tushdi. Odimlab qidirgichli birinchi ATS 1947 y., koordinat ulagichli ATS 1960 y. joriy qilindi. 20-a. 60y.larida kvazielektron ATS, 70y.laridan boshlab elektron ATS amalda qo’llana boshlandi. O’zbekistonda (Toshkentda) T. a. 1887 y. ishlay boshlagan, 1914 y. Toshkent sh. telefon tarmog’i ishga tushgan. Respublikada dastlabki telefon styalar 1929 y. qurilgan, birinchi ATS 1932 y. ishga tushirilgan, dekadaodimli tizimdagi ATS 1956 y. qurilgan. Koordinat ATS 1974 y. paydo bo’lgan. Dastlabki shaharlararo T. a. Toshkent — Samarkand, Samarkand — Qo’qon, Toshkent — Piskent, Toshkent — To’ytepa liniyasida 1924 y. ochilgan. 20-a. 60y.laridan havo aloqa liniyalari astasekin er osti kabellariga o’tkazildi, shaharlararo T.a. uchun kabel liniyalari bilan bir qatorda radioreledan, 80y. lardan aloqa yo’ldoshlaridan foydalana boshlandi. Toshkentda dastlabki telefonavtomatlar (taksofonlar) 1935 y.dan o’rnatila boshlandi, birinketin boshqa yirik shaharlarda ham raem bo’ldi. 20- a. 90y.laridan raqamli va uyali telefon tizimi paydo bo’ldi. Hozir respublika va jahonning barcha shaharlari bilan aloqa o’rnatishga imkon beradigan xalkaro telefonavtomatlar mavjud. Respublikamizdagi barcha shaharlar orasida va xalqaro T. a. yo’lga qo’yilgan. Republikada T.a.ga doyr barcha ishlar «O’zbektelekom» AK tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. T. a.ning umumiy foydalaniladigan mahalliy, shaharlararo va xalkaro turlari bor. Mahalliy T.a. idoralararo va ichki (korxonalardagi, mas., dispetcherlik aloqasi), harakatdagi ob’ektlar bilan (mas., kosmik aloqa, poezdlardagi aloqa, radiotelefon aloqa va b.) va maxsus (mas., suv osti kemalari bilan aloqa) turlarga bo’linadi. Tovushni kodlangan tarzda uzatsa bo’ladigan (q. Vokoder), xalqaro aloqa kabellari tarmog’i, zich aloqa liniyasi apparatlari va b. mavjud. Uyali va rakamli T.a. borgan sari keng raem bo’lib bormoqda (2004).