«Turkiston albomi»

«Turkiston albomi» – fotosuratlar va rangli rasmlardan tuzilgan albom. Turkiston generalgubernatori K.P.Kaufman topshirig’iga binoan, etnograf, sharqshunos olim A.L.Kun (1840— 88) tomonidan 1871-72 y.larda tayyorlangan. «T.a.»447 kartoshsh varaq bo’lib, 1262 fotosuratlar va bo’yalgan rasmlardan tuzilgan. Etn., hunarmandchilik, arxeologiya va tarix bo’limlaridan iborat. «T.a.»da 19-a.ning 2yarmidagi hunarmandchilik; xo’jalik turlari, urfodat va turli marosimlarni o’tkazish, o’zbeklarning antropologik tiplari, shahar va qishloq hayoti, shaharlar, vodiylarning manzaralari aks ettirilgan. Aksariyat tasvirlarda mahalliy xalqni vahshiy va o’ta qoloq qilib ko’rsatish maqsadi yaqqol seziladi. «T.a.»7 nusxada tayyorlangan. Bir nusxasi O’zbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar bo’limida sautanadi.