Tuproq nordonligi, tuproq kislotaliligi

Tuproq nordonligi, tuproq kislotaliligi — tuproqning asosiy xususiyatlaridan biri; bunga tuproq eritmasit vodorod ionlari, shuningdek, tuproq singdiruvchi kompleksida vodorod va alyuminiy almashinuvchi ionlarining mavjudligi sabab bo’ladi. T.n. o’simliklar hayotida, tuproq mikroflorasi hayot faoliyatida, moddalarning bir holatdan boshqasiga aylanishida, moddalar migrasiyasi g’amda to’planishida katta ahamiyatga ega. Vodorod (N) ionlarining holatiga ko’ra T.n. 2 xil: actual (faol) va potentsial (passiv, «yashirin») bo’ladi. Tuproqning aktual nordonligi eritmadagi vodorod ionlari kontsentrasiyasining teskari logarifmidan iborat bo’lgan rn kattaligi bilan ifodalanadi. rn 7 ga teng bo’lganda tuproq eritmasining reaktsiyasi neytral, undan past bo’lganda nordon, undan yuqori bo’lganda ishqoriy deb ataladi. Tuproq eritmasining reaktsiyasi turli tuproklarda har xil (rn 3,5—9 va bundan yuqori). Qora tuproqlar neytral aktualga yaqin, sur tuproklar esa, asosan, kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga, sho’rxoklar, ayniqsa, sodalilari kuchli ishkrriy reaktsiyaga ega. O’simliklar tuproq reaktsiyasiga turlicha talabchan. Kuchsiz nordon yoki kuchsiz ishkrriy reaktsiyali tuproklar eng qulay hisoblanadi. Yuqori nordonlik ko’pgina ekinlar va mikroorganizmlarning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning optimal reaktsiyasi bug’doyga 6— 7, bedaga 7-8, g’o’zaga 6-7,3, makkajo’xoriga 6-7. Tuproqning potentsial nordonligi tuproq qattiq fazasi bilan bog’liq bo’lib, tuproqning tuzli eritmalar bilan o’zaro ta’sirida tuz kationlari vodorod hamda alyuminiy ionlarini siqib chiqaradigan sharoitlarda yuzaga chiqadi. Siqib chiqarish tarziga qarab potentsial nordonlikning al-mashinuvchi va gidrolitik shakllari bor. Mineral o’g’itlar turini tanlashda T. n. darajasini hisobga olish lozim. O’rta Osiyo tuprokdari karbonatlarga boyligi sababli, asosan, kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega. Shuning uchun fiziologik jihatdan nordon o’g’itlarni qo’llash tuproq reaktsiyasini nordonlashtirmaydi. Ortiqcha nordonlikka qarshi tuproqqa ohak, ishqoriylik kuchli bo’lsa gips solinadi.