YULDUZLAR EVOLYUTSIYASI

YULDUZLAR EVOLYUTSIYASI — vaqt o’tgan sari yulduzlarning fizik parametrlari va kimyoviy tarkiblari o’zgarib borishi. Turli evolyusiya bosqichidagi yulduzlarning fizik parametrlarini taqqoslab ko’rish asosida o’rganiladi. Gravitasiya (tortishish) kuchlari ta’sirida yulduzlar orasidagi gaz va changlarning kondensatlanishi oqibatida protoyulduzlarning hosil bo’lishi, siqiluvchan yulduzlar markazida termoyadro energiya manbai paydo bo’lishi, ayrim yulduzlarning gigant yulduzlarga yoki mitti yulduzga aylanishi, massasi katta yulduzlarning gravitasion kollapsi (neytron yulduz yoki qora o’ra hosil bo’lishi bilan yuz beradi) kabi hodisalar yulduzlar evolyutsiyasining bosqichlari hisoblanadi. Yulduzlar evolyutsiyasi doim yuz berib turadigan uzluksiz jarayondir.