YULDUZLARARO MUHIT
YULDUZLARARO MUHIT — Galaktikamizning yulduzlararo fazosidagi materiya; uning tarkibi, asosan, vodorod gazi, chang, magnit maydon va elektromagnit nurlanishdan iborat. Zichligi har yerda turlicha, massasi Galaktika to’liq massasining 2-3% ini tashkil qiladi. Yulduzlararo muhitda turli molequlyar bulutlar va gazchangdan iborat tumanliklar ham kuzatiladi. Ayrim Yulduzlararo muhit (masalan, Orion va Omega tumanliklari) da modsaning quyuqlashishi natijasida yulduzlar tug’ilish jarayoni yuz bermoqda. 1685 yildayoq N. Pyuton gaz bulutining qisilishi natijasida Quyosh vujudga kela olishini aytgan. Bu fikrni 1902 yilda ingliz astronomi J. Jins nazariy isbotlagan. Yulduzlararo muhitning mavjudligini 1904 yilda birinchi marta nemis olimi I.Gartman kuzatgan. Yulduzlardan kelayotgan nur Yulduzlararo muhitda qisman yutiladi va undan qaytadi. Nur yutilishi tufayli bir spektral sinfdagi bizdan turlicha masofada joylashgan yulduzlarning spectral tarkiblari har xil bo’ladi. Uzoqdagi yulduz yaqindagiga qaraganda qizilroq bo’lib ko’rinadi. Kuzatuvlarga ko’ra, Yulduzlararo muhit asosiy massasining 80% ini vodorod gazi, taxminan 18% ini geliy gazi tashkil etadi. Qolgani boshqa kimyoviy modsalardan iborat. Vodorod gazi fazoda ikki xil holatda uchraydi: 1) ionlashmagan neytral vodorod N1 soha. 2) ionlashgan vodorod NN soha. N1 soha o’zidan 21 santimetr to’lqin uzunlikda radionurlanish tarqatadi va radioteleskop orqali spiral tarmoqlar sifatida ko’rinadi. Ushbu gaz qatlami somon yo’li bo’ylab maksimal zichlikka ega bo’lib, uning o’rtacha qalinligi 200 parsek. Ionlashgan NP soha qaynoq yulduzlar atrofida uchraydi. Ularning asosiy qismi Galaktikamiz markazidan 4000— 7000 parsek oralig’ida halqasimon tarzda kuzatiladi. NN sohaning o’rtacha temperaturasi 8000 K gacha yetadi. Yulduzlararo muhitning chang zarrachalari aslida yulduzlar atmosferasining eng «sovuq» qismlarida vujudga kelib, yulduz shamoli ta’sirida fazoga tarqaladi. Bu changlarning o’rtacha o’lchami 0,0001—0,001 millimetr oralig’ida. Chang o’zagi grafit yoki silikatdan iborat bo’lib, o’zak turli molekulalardan tashkil topgan muz qatlami bilan o’ralgan. Chang moddasining Yulduzlararo muhitdagi zichligi undagi gaz zichligidan 0,001 marta kichik.