Gulob

Gulob — 1) tortish (haydash) usuli b-n atirgul gulbargidan olingan xushbo’y suyuklik, atirgul moyi. Ilgari G. xona- ki usulda quyidagicha olingan: sopol yoki chinni kosa gulbarg b-n to’ldiriladi. Uning ustiga qamish naycha suqilgan qopqoq yopiladi. Qozonga suv quyib, kosa suvga qo’yiladi. Qamish naychaning uchi- ga ikkinchi bo’lak qamish yotig’iga (gori- zontal), uchinchi bo’lak pastga qaratib o’rnatiladi (qamish o’rniga mis naycha- dan foydalansa ham bo’ladi). Sovuq suv- li chelakka gul bug’i yig’iladigan shisha qo’yilib, naychaning uchi shunga tushiri- ladi. Kozondagi suv qaynatilganida ko- SAdagi gulbarg suyuqligi bug’lanib, naycha orqali o’tib, ikkinchi idishda soviydi va yig’iladi. Hosil bo’lgan suyuklik kosaga qayta quyilib, yana haydalsa, tiniq va xushbuy modda — g. hosil buladi. Umu- man g. o’z sifatiga ko’ra 4 xil buladi. G. necha marta buglantirib olingan bo’lsa, shuncha otashli (mas, «bir otashli», «ikki otashli») deb ataladi. To’rt otash- li g. yuqori sifatli hisoblanadi (yana q. Atirgul moyi). G. Sharq, ayniqsa fors, o’zbek xalqlariga qadimdan ma’lum. Hindiston, Markaziy Osiyo shaharlarida G. tayyorlaydigan korxonalar bo’lgan. G.dan yurakka foydali doridarmon sifa- tida tabobatda ham qo’llanilgan. Nishol- da, novvot, shakar kabi shirinliklarning rangi va ta’mini yaxshilashda, xushbo’y ichimliklar tayyorlashda g. ishlatilgan. Sharqxalqlari o’rtasida nikoh kuni go’shangaga g. sepish rasm bo’lgan. Key- ingi davrlarda g. tayyorlash xalq orasi- da davom etib kelgan. Ba’zan Rayhondan ham yuqoridagi usul b-n g. olinadi. Rayxrndan olingan g. juda xushbuy va qimmatli qisoblanadi; 2) atirgulning suvidan tayyorlangan ichimlik. Gulbar- glar toza suvda yuviladi. Qozon yoki ka- stryulkaga solinadi va bir oz suv quyib qaynatiladi. Tagi kuymasligi uchun kov- lab turiladi. So’ngra bargni olib tash- lab, qolgan suvni dokada suzib, shaker aralashtiriladi va shishaga quyiladi, shishaning og’zi havo kirmaydigan qilib berkitiladi. Shishadagi suyuklik 10-12 kunda qaynab chiqadi. Bir qancha kundan so’ng qaynovi bosiladi. Bunday G. spirt- li ichimlik xususiyatlariga ega bo’ladi.