Temir sulfatlari
Temir sulfatlari – sulfat kislotaning temirli tuzlari. Temir (II) sulfat FeSO4 — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 3,14 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasidan — 1,82° dan 56,8° gacha geptagidrat, 56,8°-64° oralig’ida — tetragidrat, 64° dan yuqori trada monogidrat xrlida kristallanadi. 700° atrofida FeO va SO3 ga ajraladi. Geptagidrat FeSO47H2O (texnik nomi — temir kuporosi, tabiatda — melanterit minerali) — havorangyashil kristallar; zichligi 1,898 g/sm3, suvda (20° da massa jihatidan 21%), spirtda, gliserinda eriydi. Tetragidrat FeSO44H2O — yashil kristallar, monogidrat FeSO4H2O — rangsiz kristallar. FeSO4 bilan ammoniy sulfat (NH4)2SO4hhhf suvdagi eritmasidan ko’kyashil rangli, havoda barqaror qo’sh sulfat FeSO4 (NH4)2 •SO46H2O (Mop tuzi) kristallanadi. Temir (II) sulfat kimyoviy reaktsiyalarda kaytaruvchi, galvanotexnikada elektrolit komponenti, taxta konservanta, Fungisit sifatida, pigmentlar olishda, analitik kimyoda NO» MnO4 Se4q MnNO~ ionlarini ochishda qo’llanadi. Temir (III) sulfat Fe2(SO)3 — och yashil gigroskopik kristallar; zichligi 3,097 g/sm3. Suvdagi eritmasidan Fe2(SO4)3nH2O (bu erda pq12, 10, 9, 7, 6, 3) ko’rinishidagi kristallogidratlar holida kristallanadi. Nonagidrat Fe2(SO4)39H2O (tabiatda — kokimbit minerali). Suvda (100 g da 440 g, 20° da), spirtda, gidrazinda eriydi. Qizdirilganda 98° da tetragidratga, 125° da monogidratga, 175° da suvsiz Fe2(SO4)ra aylanadi, 600° dan yuqorida Fe2O3 va SO3 ga ajraladi. Fe2(SO4)3 ammoniy sulfat bilan birga qo’shilib och binafsha tusli go’zal kristallardan iborat temirammoniyli achchiqtosh NH4Fe(SO4)212H2O hosil qiladi. Temir (III) sulfat galvanotexnikada elektrolit komponenti, suvni tozalashda koagulyant sifatida, achchiqtosh va pigmentlar olishda ishlatiladi.