Tengsiz kapalak
Tengsiz kapalak (Porthethria dispar L.) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Qanotlari yozilganda erkaginiki 5 sm, urg’ochisiniki 7 sm. Erkak kapalak qoramtirqo’ng’ir, urg’ochisi oq yoki qoramtir sarg’ish rangda. T.k. dunyoda keng tarqalgan hasharotlardan biri. O’rta Osiyoda tog’oldi va tog’li zonalarda ko’p, pastki tekisliklarda kamroq uchraydi. Qurti olma, nok, olcha, olxo’ri, o’rik, jiyda, pista, bodom, yong’oq va b. mevali hamda dub, terak, tol, shumtol, zarang kabi o’rmon daraxtlari barglarini jiddiy zararlaydi. Zararlangan mevali daraxtlar shu yili meva bermaydi. T.k. tuxum davrida qishlaydi, bahorda tuxumdan chiqqan qurtlari yangi chiqqan daraxt barglari bilan to’dato’da bo’lib oziqlanadi, katta yoshdaxi qurtlari tarqalib ketadi. Iyun boshlarida yupqa pilla ichida yoki eski po’stloq ostida, barglar orasida g’umbakka aylanadi, iyun oyi o’rtalarida kapalaklari uchib chiqadi. Urg’ochi kapalaklar iyul oyi boshlarida daraxtlar tanasining pastki qismiga, devor yoriqlariga 250-500 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumini tanasidan ajratgan tukchalar bilan berkitib qo’yadi. Yiliga bir marta avlod qoldiradi. Obhavo qulay kelgan yillar juda ko’payib, mevali va o’rmon daraxtlariga katta zarar etkazadi. Kurash choralari: qishlab yotgan tuxumlari mexanik usullar bilan yo’qotiladi. Yosh qurtlarga qarshi bi58 (2,0 l/ga), sumialfa (0,5— 1,0 l/ga), nureld (1,0 l/ ga) va b. kimyoviy preparatlar purkaladi.