TERMOELEKTR HODISALAR
TERMOELEKTR HODISALAR – ket maket ulangan turli qattiq o’tkazgichlardan iborat elektr toki zanjirida elektr va issiqlik jarayonlari orasidagi o’zaro bog’lanishga asoslangan fizik g’odisalar. Zeebek, Pelte va Tomson effektlari T.h. bo’lib, ular asosida bu hodisalarning miqdoriy kattaliklari aniklanadi. Har xil tarkibli va ulanish nuqtalarida t-ra turlicha bo’lgan ikki o’tkazgichda elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) — termo e.yu.k. qosil bo’lishini nemis fizigi T.I. Zeebek 1821 y.da kashf etgan. 1953 y.da termo e.yu.k.ning yana bir manbai — elektronlarning fononlarga ergashish effekti ochildi. Agar qattiq jismda tralar o’zgarishi yuz bersa, u holda issiq tomondan sovuq tomonga harakat qilayotgan fononlar soni teskari tomonga harakatlanayotganlarga nisbatan ko’proq bo’ladi. Natijada fononlar elektronlar bilan to’qnashib, ularni ham o’ziga ergashtiradi va sovuq tomonda manfiy (issiq tomonda musbat) zaryad to’plana boshlaydi. Bu jarayon hosil bo’layotgan potentsiallar ayirmasi fononlar harakatini muvozanat holatga keltirguncha davom etadi. Metallarda elektronlar kontsentrasiyasi katta va u traga bog’liq emas. Elektronlar energiyasi ham traga bog’liq emas, shuning uchun metallarda termo e.yu.k. kichik. Yarimo’tkazgichlarda va ularning qotishmalarida termo e.yu.k. katta qiymatga erishadi. Chunki ularda tok tashuvchilar kontsentrasiyasi kichik va u traga bog’liq bo’ladi. Tok tashuvchilar oqimida issiklik muvozanatining buzilishi barcha T.h.ga sabab bo’ladi. Barcha termoelektrik koeffisientlarning mutlaq qiymati tok tashuvchilar kontsentrasiyasi kamayishi bilan kattalashadi; shuning uchun ular yarimo’tkazgichlarda metallar va ularning qotishyalaridagiga nisbatan o’n va, hatto, yuz marta katta bo’ladi. T.h. tralarni o’lchashda va issiklik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda qo’llaniladi. Ad.: Ioffe A.F., Poluprovodnikovie termoelementi, M. — L., 1960; Zayman D.J., Elektronii fononi, Per s angl., M., 1962.