Ternopol viloyati

Ternopol viloyati – Ukrainaning g’arbiy qismidagi viloyat. 1939 i. 4 dek.da tashkil etilgan. Mayd. 13,8 ming km2. Aholisi 1172 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, Belorus, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 27%. T.v. 16 tumanga bo’lingan, 14 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi Ternopol sh. Mux.im shaharlari — Ternopol, Chortkov, Zbaraj, Zaleshchiki, Terebovlya, Kremenes, Zborov va b. T. v. Podoliya qirlarining g’arbiy qismini egallagan. Ukrainaning o’rmonli dasht zonasida. Viloyat hududi ko’p qismining bal. 300-400 m (eng baland joyi 443 m). Shim. qismida Kremenes qirlari, undan Jan.rokda Toltr qirlari joylashgan. Foydali qazilmalari: qo’ng’ir kumir, qurilish materiallari, fosforitlar. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv.ning o’rtacha trasi Jan.da -4,6° dan shim.da -5,7° gacha, iyulniki 19,4°, 18,3°; o’rtacha yillik yog’in 600-680 mm. Vegetasiya davri 165 kun. Eng yirik daryosi — Dnestr. Qoratuproq, podzollashgan sur tusli tuproklar uchraydi. O’rmonli dasht o’simliklari o’sadi. Dashtlar haydalib (70% hududi), ekinzorlarga aylantirilgan. T.v. hududining 12% o’rmon. O’rmonlarda tulki, malla tovushqon, bo’rsiq, qobon yashaydi. Ondatra, nutriya, enotsimon it iqlimlashtirilgan. T. v.ning asosiy sanoat tarmog’i mahalliy qishloq xo’jaligi. xom ashyosi asosida ishlaydigan oziq-ovqat sanoati (unyorma, shakarkand, moysir va sut, spirt, tamakifermentasiya, konserva va sabzavot quritish zdlari, go’sht kti, Berejanida shisha zdi, Ternopolda elektr armaturasi zdi, qand lavlagi kavlash kombayni, avtota’mirlash, ta’mirlashmexanika, savdo asbobuskunalari, chinni, temirbeton zdlari va qurilish industriyasi, mebel k-tlari, Kremenesda bo’r zdi, Chortkovda avtomobil zdlari bor. Ternopolda, farmasevtika fkasi, ip gazlama kti (Ukrainadagi yirik ktlardan biri), Ternopol va Chortkovda tikuvchilik fkalari va sun’iy ko’n zdi, Terebovlyada poyabzal fkasi, Kremenesda paxta fkasi joylashgan. Q.x. g’alla, lavlagi va sutgo’sht etishtirishga ixtisoslashgan. G’alla, emxashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi. Qoramol, qo’y va echki, cho’chqa boqiladi. T. y. transporta rivojlangan. Dnestr daryosida kema qatnaydi, aeroport bor. 3 oliy o’quv yurti, 3 muzey, musiqali drama teatri va filarmoniya mavjud.