Test

Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda T. odamning qanday kasbhunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, iste’dodli yoki akdi zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qo’llaniladi. Uning erdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, to’plangan amaliy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik ko’rsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tax,lil qilinadi. T.ning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822-1911) ishlab chiqqan (1883). «T.»terminini birinchi marta Amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qo’llangan (1890). U T.lar erdamida tanaga ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaktsiya muddatlarini, teriga ta’sir o’tkazishda hosil bo’luvchi og’riq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. Frantsuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning akliy o’sishi va iste’dodi darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin akliy T.lar nazariyasi keng yoyidtsi. Mikdoriy ma’lumotlarni statistika metodikalari erdamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877-1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50 y. davomida o’rgangan. Hoz. davrda T.lar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv T.lari (bilimlarni o’lchashga qaratilgan); akliy T. lar (zehn, aklidroq, aklzakovat, iste’dodni aniklashga yo’naltirilgan); ijodiyot T.lari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy mo’ljal T.lari (o’quv yoki kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi ko’nikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali o’lchash mumkinligi); shaxsga oid T.lar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni o’lchashga aloqador); proektsiyaviy T. lar (tashqi ta’sirsiz shaxs o’zini o’zi oshkor qilishiga mo’ljallangan) va b.