Toshpo’latova Mahbuba Ziyayevna

Toshpo’latova Mahbuba Ziyayevna (1952.23.3, Toshkent shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). ToshDUni tugatgan (1974). 1974 yildan Yangiyo’l shahridagi maktablarda, 1999 yildan akademik litseyda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi (1982— 99 yillarda 4-maktab o’quv bo’limi mudiri, direktor va o’qituvchi). Ta’limning o’ziga xos, zamonaviy usullaridan foydalanadi; 1988 yil tajriba tariqasida chuqur o’zlashtiruvchi sinf tashkil etib, muvaffaqiyatga erishgan.