Toksoplazmalar
Toksoplazmalar (Toxoplasma) — koktsidiyalar turkumiga mansub eng sodda parazit hayvonlar urugi. Bitta T. gondii turi ma’lum. Uzunligi 7 mkm gacha. T. mushuk va b. mushuksimonlar ingichka ichagida murakkab rivojlanish tsiklini o’tib, undan 2 ta sporali oosistsporozoitlar hosil bo’lishi bilan tugaydi. Etuk oosistlar esa mushuksimonlarni qaytadan zararlashi mumkin. Oosistlar boshqa sut emizuvchilar (mas, sichqonlar) yoki odam hamda qushlarga o’tib, jinssiz urchiydi. T. — sut emizuvchi hayvonlar va odam paraziti; toksoplazmoz kasalligini qo’zg’atadi.