Temirchaklar
Temirchaklar (Tettigonioidea) to’g’ri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi ma’lum. O’zbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Ko’pchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyog’ining boldir qismida joylashgan. Tuxum qo’ygichi qilichsimon, uzun. T. o’simlikxo’r, shuningdek, yirtqichlari ham bor. O’rmon chetlari, butazorlar, g’orlar, toshlar ostida va b. joylarda yashaydi. Tuxumi qishlaydi; bahorda tuxumdan lichinka rivojlanadi. Lichinka 1-2 oy mobaynida 5-8 marta pust tashlab taraqqiy etadi. Hayot tsikli bir yoki bir necha yil (dshpauza hisobiga) davom etadi. Ba’zi T. (yashil T. va kulrang T.) qurg’oqchilik yillari ekinlar (g’alla, tokzorlar)ga ziyon keltiradi.