Tenor

Tenor (lot. tenor — ovozning tekis xarakati) — 1) o’rta asr Evropa cherkov (Grigorian) xoraljal ohang rivojidagi asosiy, uzoq ushlab turiladigan parda (nomi shundan). Keyinchalik, ko’p ovozli asarlarda asosiy ovoz (partiya) nomi; 2) erkak xonandaning baland (ingichka) ovozi. Diapazoni s—S2. Lirik (Faust, Lenskiy) va dramatik (Xoze, German va b.) turlari bulib, birinchisining yukrri registri kuchli, kuyni ohangdor, engil harakatda namoyish etadi; dramatik T. esa nisbatan yo’g’onroq, har bir tovushga yorqin tembr va badiiy ta’sirli ifoda beradi. Opera ijrochiligida xarakterli (Trike — «Evgeniy Onegin»), qahramonona (Zigmund — «Valkiriya»), lirikdramatik (Otello), T.—altino (munajjim, «Oltin xo’rozcha g’aqida ertak») kabi turlari ham ajratiladi. O’zbekistonda S. Yarashev, F. Abdurahmonov, A. Azimov, I. Jalilov, K.Serjanov va b. T. ovoziga ega; 3) mispuflama musiqa cholg’u asbobi. Puflama sozlar orkestrida asosiy sozlardan; 4) o’zga musiqa sozlarining T. turlari (saksofon q T., T. q trombon va b.).