Tog’lararo botiq

Tog’lararo botiq — tektonik kelib chiqishga ega bo’lgan, burmalangan tog’lar orasidagi botiqlik. T.b. tog’lar% paydo bo’lish jarayonida juda jipslashgan bukilmali poydevor zaminida vujudga keladi, bu poydevor atrofidagi tektonik rnlar ko’tarilib, tog’larga aylanadi va ular o’rtasidagi joy botiq shaklini oladi. Tog’li joylar o’sgan sari, botiq cho’kib boradi. Vaqt o’tishi bilan tog’jinslari emirilib, turli omillar vositasida bukilma hududiga etib kelgan hamda tog’lar o’sishida hosil bo’lgan chaqiq jinslar, cho’kindi, cho’kindivulkan jinslar hisobiga botiqlik to’lib boraveradi. T. b. turli kattalik va qalinlikdagi tog’jinslari bilan qoplangan bo’lib, uning qa’rida foydali qazilma konlari bor. Mac, O’zbekistonning katta qismini egallagan Farg’ona T.b.da neft, gaz, kumir, oltingugurt, ozokerit va b. konlar mavjud.