Teleologiya

Teleologiya (lOH.talos — oqibat, maqsad va …logiya) — maqsad va maqsadga muvofiqlik haqidagi ta’limot. Bu ta’limot tabiat hodisa va jarayonlariga maqsadlar (maqsadga muvofiqlik yoki biror maqsadga yo’nalish qobiliyati)ni sabab qilib ko’rsatadi, bu maqsadlar Xudo tomonidan belgilanadi (X. Volf) yoki tabiatning ichki sabablari hisoblanadi (Aristotel, G. Leybnis) deb biladi. Teleologik xarakterdagi kontsepsiyalar orasidagi farqlardan qat’i nazar, ularning hammasiga tabiat va jamiyat jarayonlarini antropomorfizm ruhida tushunish, ya’ni ularni ham odam faoliyati kabi qandaydir oldindan belgilab qo’yilgan maqsad, mo’ljalga muvofiq bo’ladi, deb tasavvur qilish xosdir.