Telefon kommutatori
Telefon kommutatori – telefon styasida abonentlarni qo’lda ulabuzish (kommutasiya) uchun mo’ljallangan qurilma. Liniya (abonent) komplektlari, shnur juftlari asboblari va telefonchilarning ish o’rnidagi asboblardan iborat. T.k.ning liniya komplektlariga telefon liniyalarini ulash uyalari, chaqiruv klapanlari yoki signal lampalari kiradi. Bular abonentdan chaqiruvni Kabul qilish va unga zarur liniyani ajratish uchun xizmat qiladi. Shnur juftlari asboblariga so’rovchaqiruv kaliti, shnurli shtepsellar, gaplashuvni tugatish klapani yoki lampasi kiradi. Bular abonentni boshka abonentga ulash va gaplashish tugaganligi to’g’risida signal olishga imkon beradi. Ish o’rni asboblariga mikrofonlar, telefonlar, telefon induktorlari va b. kiradi. Bular telefonchining abonent bilan gaplashishi va boshka abonentga chaqiruv yuborishiga imkon beradi. T.k.ning mag’alliy batareya, Markaziy batareya bilan ishlaydigan va aralash turlari bor. T.k. asosan kichik telefon styalarda qo’llanadi, yirik styalarda abonentlarni ulashuzishga doyr amallar avtomat lashtirilgan.