Tepa
Tepa (arxeologiyada) — asosan, paxsadan ishlangan qad. inshootlarning xarobalari va ularni to’ldirgan madaniy qatlamlardan hosil bo’lgan do’nglik. Arxeologik yodgorliklarning ushbu turi O’rta Osiyo va Kavkazda (tapa), yaqin Sharkda (Arab. — tel, Tall), Hindistonda va Bolqon ya.o.da (Yun. — magula, makedoncha — tumba) uchraydi. Bu mamlakatlardagi sug’orma o’troq dehqonchilik xo’jaligi, aynan mazkur erning o’zida ko’p asrlar va hatto ming yillar davomida qishloq (jumladan, shahar) mavjud bo’lishiga imkon bergan. Vaqg o’tishi bilan vayronaga aylana borgan inshootlar yangilari uchun asos bo’lib xizmat qilgan va qishloq balandlashib borgan. 30-40 m ga etgan T.lar ko’p q^tlamli bo’lib, ular mazkur yodgorlikning stratigrafiyasini belgilashda muhim ob’ekt hisoblanadi (Namozgohtepa, Sopollitepa va b.). Geografik joy nomlari tarkibida ham T. qo’shimchasi ko’p uchraydi (mas., Qo’rg’ontepa, Oltintepa, Oqtepa va b.).