Teri qanotlilar, ayri quyruqlilar, quloq qazarlar

Teri qanotlilar, ayri quyruqlilar, quloq qazarlar (Dermaptera) — hasharotlar turkumi. Gavdasining uz. 3,5—50 mm, elkadan qorin tomonga yassilashgan. Qorin bo’limi uchki qismida qisqichsimon o’simtalari ximoya vazifasini bajaradi. Oldingi qanotlari kalta va qattiq, orqa qanotlari pardasimon yoki bo’lmaydi. Xalqorasida T.q. quloqqa kirib olib, qisqichlari yordamida quloqni teshadi, degan tushuncha bor (ikkinchi nomi shundan). Lekin bu haqiqatga to’g’ri kelmaydi. To’liqsiz o’zgarish orqali rivojlanadi. Tuxumlarini tuproqpagi inlariga to’p qilib qo’yadi. Urg’ochisi tuxumlarni va lichinkalarni qo’riklaydi. Har xil oziq bilan oziqlanadi. Yashirin, tunda hayot kechiradi. Issiq va nam erlarda uchraydi. 1300 ga yaqin turi ma’lum. O’zbekistonda 10 turi uchraydi. O’rta Osiyo hududida Osiyo T.q. keng tarqalgan.