Termodinamik muvozanat

Termodinamik muvozanat – termodinamik tizim holati; bunda tizimni tavsiflovchi barcha parametrlar aniq qiymatlarga ega bo’lib, bu qiymatlar tashqi muhit o’zgarmasa, istagancha vaqt davomida o’zgarmay qolaveradi. T.m. holatiga o’tgan tizimda issiqlik o’tkazuvchanlik, diffuziya kabi har qanday qaytmas jarayonlar to’xtaydi. Tizimning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatiga qarab, uning T. m. holatiga o’tganligini turli fizik kattaliklarning kuzatilayotgan sharoitdagi erishgan chegaraviy qiymatlari orqali aniklash mumkin. Mac, tashqi muhitdan adiabatik tarzda ajratilgan tizimda entropiya o’zining erishishi mumkin bo’lgan eng katta qiymatga ega bo’ladi; termostatdagi tizim uchun erkin energiya eng kichik qiymatni oladi; o’zgarmas tashqi bosim ta’sirida bo’lgan termostatdagi tizim uchun Gibbs termodinamik potentsiali eng kichik qiymatga erishadi.