Texnika xizmati ko’rsatish

Texnika xizmati ko’rsatish — texnik ob’ektlar (avtomobillar, texnologik agregatlar va b.) dan foydalanish jarayonida amalga oshiriladigan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmui. Ob’ektlarning me’yordagi samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Barcha mavjud texnika vositalari T. x. k.ni talab qiladi. Ishlab (yoki yurib) turgan texnika vositalari ham, sak,lab turilganlari ham, sak,lash yoki tashib keltirishdan keyin ishga tayyorlanadigan vositalar xam T. h. k.ga muhtoj bo’ladi. Murakkab texnika ob’ektlari (mashinalar, stanoklar va b.) uchun yagona T. x.k. me’yorlari belgilab qo’yiladi. Bular T. x. k. tizimini hosil qiladi va texnik hujjatlarda o’z aksini topadi. T. x. k. tizimini shartli ravishda oldini olish (profilaktika) va tiklash (tuzatish, ta’mirlash) kabi turlarga ajratish mumkin. T. x. k. ga doyr tadbirlar maxsus jihozlangan ustaxonalar (T. x. k. styalari) da ham, ob’ekt (agregat, stanok) o’rnatilgan joyning o’zida ham bajarilishi mumkin. Ikkala holda ham zarur qurol va asboblar, materiallar, nazorato’lchash asboblari, diagnostika apparatlari (q. Texnik diagnostika), malakali mutaxassislar [chilangarlar, elektr ustalari, dvigatel tuzatuvchilar, payvandlovchilar, vulkanizasiya kiluvchi (balon yamovchi)lar va b.] bo’lishi talab kilinadi. T. x. k. to’g’ri tashkil qilinsa, ob’ektdan foydalanish harajatlari kamayadi, uning texnik imkoniyatlari oshadi, xizmat muddati uzayadi.