Texnika ekinlari

Texnika ekinlari – sanoat xom ashyosi sifatida etishtiriladigan (xom ashyo beradigan) bir va ko’p yillik qishloq xo’jaligi. ekinlari T. e. bir qancha botanik oilaga mansub; ularga kraxmalli ekinlar (kartoshka, batat va b.); shakarli ekinlar (qand lavlagi, shakarqamish va b.); moyli ekinlar (kungabokar, kanakunjut, er yong’oq, soya, raps, maxsar, xantal, indov, zig’ir va b.); tolali ekinlar (g’o’za, tolali zig’ir, kanop, jut va b.); efir moyli o’simliklar (atirgul, ko’knor, yorongul, yalpiz va b.); kauchukli o’simliklar (geveya, gvayula, ko’ksag’iz, tovsag’iz); oshlovchi modda olinadigan o’simliklar (skumpiya, badan); po’kakli (po’kakli dub v b.); dorivor o’simliklar (valeriana, belladona, jenshen va b.) kiradi. T. e. ni bu tariqa bo’lish shartlidir, chunki ko’pgina boshqa ekinlar ham texnik xom ashyo beradi (mas., donli ekinlar). Ba’zi T. e., mas., g’o’za, zig’ir, kanopdan toladan tashqari moy ham olinadi.