Toshkent kanali, I.A.Polvonov nomidagi Toshkent kanali
Toshkent kanali, I.A.Polvonov nomidagi Toshkent kanali — Chirchiq daryosidan suv oladigan Chapkirg’oq Qorasuv daryosida qurilgan magistral kanal, 1940 y.da xalq hashari yo’li bilan qurilgan. 1958-65 y.larda kanal tubdan rekonstruktsiya qilingan. Kanalga Chapqirg’oq Krrasuv daryosining 36 km dan suv olinadi, umumiy uz. 62 km, bosh qismidagi suv sarfi -87 m3/ sek, sug’orish mayd. 70 ming ga. Daryoning chap tomonidagi qo’riq erlarni sugorishga imkon beradi. Kanal kam suvli Ohangaron tizimini Chirchiq daryosining suvi bilan to’yintiradi. Kanalda Shim., Jan., Bo’rjar, Chilisoy, O’ngqirg’oq va Chapqirg’oq kabi tarmoqlariga suvchiqargichlar, ko’priklar, ikkita suv to’skich, T.k. bilan Ohangaron daryosi kesishgan joyda 145, 94 va 100 m uzunliklagi 3 ta dyuker, o’ng kirg’og’ida yo’l qurilgan. 1dyukerdan Tuyabo’g’iz suv omboriga Oxangaron daryosi orkali suv tashlanadi. Asosiy suv taqsimlash uzellari elektrlashtirilgan va telefon aloqasi bilan ta’minlangan. Kanalning 1941 y.da qurilgan, o’ng va chap tarmoqdari eng Yi^ik tarmoklar hisoblanadi. Ung tarmoq uz. 38 km, suv o’tkazish imkoniyati 12 m3/sek, unda 30 ga yakin sharshara, tezoqar va suvchiqargichlar mavjud. Chap tarmoq 20-a. ning 60-y.larda rekonstruktsiya qilingan. Uz. 25 km va suv o’tkazish imkoniyati 26 m3/sek. 1969 y.da T.k.ga O’zbekistonda irrigasiya qurilishi va suv xo’jaligining faol rahbarlaridan biri Ilyos Polvonov (1905 — 1969) nomi berilgan. Ziyomiddin Artukmetov.