TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI – informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televidenie, telekommunikasiyalar bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. Toshkent elektrotexnika aloqa inti nomi bilan 1955 y.da tashkil qilingan. 2003 y.dan hoz. nomi bilan ataladi. Untda 8 ft: telekommunikasiya tarmoqdari va kommunikasiya tizimlari, radioaloka, radioeshittirish va televidenie, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar FTI, iqtisod, sirtqi, malaka oshirish va maxsus FTlar bor. Untda 5 yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi. Untda 28 kafedra, 40 oliy o’quv lab., 20 i.t. lab., kutubxona (80 mingdan ziyod asar) faoliyat ko’rsatadi. Unt qoshida i.t. sektori, internatliseyi, akademik lisey va kasbhunar kolleji mavjud. 2002/03 o’quv yili untda 3,5 mingga yaqin talaba o’qidi. Unt Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. A. Abdumaev, T. D. Rajabov, M.S. Yunusov, T. S. Yo’ldoshboev, F. B. Abutaliev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Sa’dullaev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va b. olimlar nomi bilan bog’liq. Unt tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi.