Toshkeskansoy

Toshkeskansoy – Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Chatqol tizmasining 3380 metr balandlikdagi muzliklaridan boshlanadi. Uzunligi 26 kilometr. Havzasi maydoni 103 km2. O’rtacha yillik suv sarfi 4 m3/sekundgacha. 6 ta irmog’i bo’lib, ulardan 2 tasi muzliklardan va qolganlari buloqlardan suv oladi. Soy Chatqol qo’riqxonasidan oqib o’tib, Qorabuzuqsoyga quyiladi. Bahor va yoz oylarida to’lib oqadi. Suvidan Bo’stonliq tumani ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi.