«TOSHKENT YOG’MOY KOMBINATI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT YOG’MOY KOMBINATI» AKTSIYADORLIK JAMIYATI — yirik yog’moy korxonalaridan biri, «Yog’moytamakisanoat» uyushmasi tarkibida. Paxta chigitini qayta ishlash negizida margarin, oziq-ovqat yog’lari, konditer maxsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladigan yog’lar, qadoqlangan va salat yog’lari, mayonez, tozalanmagan yog’, salomas yog’i ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish.ning ikkilamchi mahsulotlari — shulxa va kunjarani chorvachilik xo’jaliklariga sotadi. Korxonaning margarin ishlab chiqaruvchi 1navbati 1965 y.da, paxta yog’i ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarish. quvvati sutkasiga 360 t chigit ) 2navbati 1971 y.da foydalanishga topshirildi. 1992 y. yillik quvvati 22,4 ming t bo’lgan quyma margarin zdi qurib ishga tushirildi. 1994 y.da korxona ochiq turdagi «Toshmaryog'» aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2003 y.dan aktsiyalarining 62,4%ini sotib olgan Lixtenshteynning «Beglan Investmen» kompaniyasi ishtirokidagi qo’shma korxona. 2003 y.dan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini yaxshilash uchun chetdan palma, kokos, kungaboqar, soya yog’lari sotib oladi. 2003 y.da 19901 t oziq-ovqat salomasi, 17650 t margarin mahsulotlari, 25 t mayonez, 786 t qadoqlangan moy, 3447 t o’simlik yogi ishlab chiqarildi. Mahsulotlari eksport qilinadi.