YURI GAROLD KLEYTON

YURI GAROLD KLEYTON (1893.29.4, Uolkerton, Indiana shtati — 1981.6.1) — amerikalik fizik-kimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1935 yildan). Montana universitetini tugatgan (1917), Berklidagi Kaliforniya universiteti (1921 yildan), Baltimordagi J. Xopkins universiteti (1924 yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti (1934 yildan) professor. 1945 yildan Chikago universitetida, 1958— 70 yillarda San-Diegodagi Kaliforniya universitetida (1972 yildan faxriy profssor) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari izotoplar kimyosi, Geo va kosmokimyoga oid. Spektroskopiya usulini qo’llab deyteriyxt ochgan (1932, F. Brikvedde va G. Myorfi bilan hamkorlikda). Uran235 va uran238 izotoplarining bo’linish usullarini ishlab chiqqan. Uning laboratoriyada suv bug’lari, vodorod va ammiak bilan metan aralashmasi orqali elektr yoyi o’tkazilganda aminokislotalar hosil bo’lib, ularni atmosferada ham sintez qilish mumkinligi isbotlangan (1950). Nobel mukofoti laureati (1934).