«Tong yulduzi»
«Tong yulduzi» — bolalar va o’smirlar gazetasi. Muassis — O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati. Haftada 2 marta chiqadi. Birinchi soni 1929 y. 1 avg. da Samarkandda «Lenin uchquni» nomi bilan chiqqan (3000 nusxada); 1931 y.dan Toshkent sh.da chop etiladi. 2jahon urushi yillari gaz.ni nashr etish vaktincha to’xtatilgan. 1946 y. 1 iyuldan yana nashr qilina boshlagan. 1992 y.dan hoz. nomda. Gaz.ga turli davrlarda Hotam qirg’iz, Y.Shamsharov, Sanjar Tilla, Ramz Bobojon, G’.Jahongirov, S. Yo’ldoshev, J. Razzoqov, A. Ko’chimov, A.Berdimurodov va b. muharrirlik qilishgan. Sahifalarida O’zbekistondagi maktab o’quvchilari hayotiga oid maqola va xabarlar, ular ijodidan namunalar, bolalar uchun badiiy asarlar va b. bosiladi. Adadi 50.000 (2004). Muharriri Umida Abduazimova (1995 y.dan).