Tovush yutilishi

Tovush yutilishi – tovush to’lqini energiyasining boshqa tur energiyalarga, xususan issiqlik energiyasiga qaytmas o’tishi hodisasi; yutilish koeffisienta a bilan xarakterlanib, sm~’ da, ya’ni neper/sm yoki desibel/m larda ifodalanadi. Gazlarda T.yu. gaz bosimiga, suyuqliklarda, asosan, yopishqoqlikka bog’liq. Qattiq jismlarda T.yu., asosan, muhitning ichki ishqalanishi va issiqlik o’tkazuvchanligi bilan belgilanadi. T.yu. moddaning kristallik holatiga, defekt, aralashma va dislokasiyalarning boryo’kligiga, materialga dastlabki ishlov berishga bog’liq. Metall va yarimo’tkazgichlarda T.yu. dielektriklardan doim katta, chunki tovushning o’tkazuvchanlik elektronlari bilan o’zaro ta’siri natijasida qo’shimcha yutilish bo’ladi. Muhitda moddalar har xil jinsli bo’lganda T.yu. ortib ketadi. Turli g’ovak va tolali moddalarda T.yu. yuqori bo’lganligidan ulardan tovushni pasaytiruvchi va izolyasiyalovchi vosita sifatida foydalaniladi.